Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-4 mavzesida joylashgan go‘zallik saloni kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Foto: “E-auksion.uz”

Foto: “E-auksion.uz”

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,003 gektar. Binoning maydoni — 151 kvadrat metr. Go‘zallik salonida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud. 

Auksionga qo‘yilgan salonning boshlang‘ich bahosi — 3,88 mlrd so‘m. Arizalar 10-iyun 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Lot izohida yozilishicha salon auksionga “Asakabank”ning Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti tomonidan qo‘yilgan.

Ushbu mulk xaridor tomonidan “Asakabank”ka 9,2 mlrd so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ishlab chiqarish summasini to‘lab berish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilmoqda. 

Mulk huquqi oldi-sotdi dasturiy vositalar to‘liq nazoratidan so‘ng hamda 9,2 mlrd so‘m miqdoridagi summasi to‘langandan so‘ng sotib oluvchi nomiga rasmiylashtirib beriladi.

Obyekt uskunalari, inventar va jihozlarsiz auksion savdolariga chiqarilgan.

Avvalroq Toshkentda fuqarolar yashovchi hovli MIB tomonidan 2,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?