Janubiy Afrikada buqa amerikalik millioner Esher Uotkinsni ov safari paytida shoxlab o‘ldirdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Voqea 3-avgust kuni Limpopo viloyatida sodir bo‘lgan. 52 yoshli millioner og‘irligi qariyb 1,5 tonna bo‘lgan buqani otmoqchi bo‘lgan. Biroq to‘satdan hayvon hujum qilishi oqibatida halok bo‘lgan. Buqa kutilmaganda katta tezlikda erkak tomon tashlanib, shoxlari bilan bir zarbada uni o‘ldirgan.
Texaslik millioner ashaddiy ovchi bo‘lgan va bu faoliyatini yovvoyi tabiatni asrashning muhim qismi deb bilgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari o‘ljalar: puma, antilopa va yovvoyi qushlarning suratlari bilan to‘lgan. Safari tashkil qilgan kompaniya Uotkinsning yaqinlari va oila a’zolariga qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralarni ko‘rayotganini bildirdi.
Marhum AQSHda 40 million dollargacha baholanuvchi eksklyuziv rancholarni sotadigan kompaniya — Watkins Ranch Group asoschisi hisoblangan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, Kapr buqalari ayniqsa yaralangan paytda tajovuzkor bo‘ladi. Ular 500 tagacha bo‘lgan katta suruvlarda harakatlanishi mumkin.
Izoh (0)