• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kollejdan haydalgan, bosh rol uchun 4 oy navbatchilik qilgan: Salmon Xon kinodagi karyerasini qanday boshlagan?

    Ba’zilar uchun Salmon Xon — bu shunchaki bir chashka qahva ustida g‘iybat qilish mumkin bo‘lgan yulduzlardan biri. Boshqalar uchun u itoatkor o‘g‘il, o‘z oilasini yaxshi ko‘radigan aka va amaki. Yana kimlar uchundir ajoyib do‘st, metsenat va murabbiy. Filmlari muvaffaqiyatidan zavqlanadigan va kambag‘allarga, bolalarga yordam beradigan aktyor. Bollywoodtime nashri Salmon Xonning kinodagi ilk qadamlari, Bollivudga qanday kirib kelgani va karyerasi qanday boshlangani haqida ma’lumot beradi. Ishoning, bu juda qiziq voqea.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Kollejdan haydalgandan so‘ng, Salmon Xon modellik bilan shug‘ullanishga va filmlarda karyerasini boshlashga qaror qiladi (shubhasiz, otasi Salim Xonning muvaffaqiyatli karyerasi ta’sir qilgan, u taniqli ssenariy muallifi bo‘lgan va bir nechta super hitlarni yozgan, masalan, “Devor”, “Qasos va qonun”, “Mafiya boshlig‘i Don” kabi). Ammo 1988-yilda kino sohasiga qadam qo‘yganida, otasi uni umuman qo‘llab-quvvatlamaydi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Amakisi Nosir Husayn yordamida kinoga kirib kelgan Amir Xon, otasi Rajendra Kumar qo‘llashi tufayli “Sevgi tarixi” filmida rol o‘ynagan Kumar Gaurav yoki otasi Sunil Datt o‘g‘li uchun qo‘lidan kelganini qilgan Sanjay Datt kabi mashhur bolalardan farqli o‘laroq Salmon Xonning otasi filmda rol olish uchun uning ismidan foydalanishni qat’iyan man qiladi. Salmon otasining yordamisiz qoladi va o‘zining tan olishicha, “Oshiq bo‘ldim” filmining katta muvaffaqiyatidan keyin ham u bir necha oy ishsiz uyda o‘tiradi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aytish mumkinki, Salmon Xonning aktyor sifatida ochilishiga reklama olamida juda taniqli shaxs Kailash Surendranath sababchi bo‘lgan. U buni  shunday eslaydi: “Bir kuni elita klubining basseynlaridan birida do‘stimning qizi Arti chiroyli yigitni ko‘rib qoladi — undan ko‘z uzib bo‘lmasdi. Salmon 15 yildan beri suzish bilan shug‘ullangani tufayli o‘zini suvdagi baliqdek his qilardi. U bir sho‘ng‘iganda, hovuzning narigi tomonidan chiqardi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Arti buni ko‘rgach, Andaman orollarida reklama suratga olayotganim esiga tushadi. Bizda hamma narsa tayyor edi. Men allaqachon Sunil Niskolni (aktyor Navin Niskolning ukasi) va Vanessa ismli modelni tanlab qo‘ygandim. Esimda Arti ko‘zlari yonib yonimga yugurib keldi va suv ostida delfindek suzayotgan epchil suzuvchini ko‘rganini ayta boshladi. Men u bilan tanishishga rozi bo‘ldim.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Arti uni ofisga olib kelganida “Xudoyim, bu axir yosh bola-ku!” dedim. “Yo‘q, yo‘q, shoshmang” deb xitob qildi Arti. Salmon ko‘ylagini yechganda, uning mushakdor chiniqqan tanasi meni hayratda qoldirdi. Rostini aytsam, o‘sha paytda boshqa ilojim yo‘q edi, shuning uchun mayli, harakat qilib ko‘rsin, dedim.

    Salmon barcha aktyorlarimiz baland baland bo‘yli ekanini ko‘rganida umidi puchga chiqdi. U reklamada suratga tushishga mos emasligini, uyga ketishini aytdi. Ammo Arti uni aeroportga kiraverishda to‘xtatib, biz bilan birga borishga ko‘ndirdi. “Ahmoqlik qilma, biz bilan yur”, dedi uning qo‘lidan ushlab qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Salmon Xon baland bo‘yli bo‘lmasa-da, lekin ota-onasidan faqat eng yaxshi narsalarni olgan istarali yigit edi. U aktyorlik mahoratiga ega bo‘lmasa-da, lekin aktyor bo‘lishga qaror qilgandi. U boshidanoq amakisi Naim Xon (Salimning akasi) kabi bo‘lishga intilib, sport zalida mashq qila boshladi. Naim Salmon tug‘ilgan Indor shahrida yashagan. U har ta’tilni otasining oilasi bilan o‘tkazardi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Qarindoshlari va do‘stlarining aytishicha, Salmon bolaligida baquvvat va qaysar bo‘lgan. Bu uchqun uning dastlabki rollarida ham seziladi. U o‘z filmlariga payqamaslikning iloji bo‘lmagan yangilik va joziba olib keldi. Salmon Bollivudda birinchi marta 1988-yilda “Rafiqa” (Biwi Xo To Aisi) filmida ishtirok etdi, ammo uning roli e’tibor tortadigan darajada emasdi.

    Keyingi yili u debyutant rejissor Bhagyashri bilan “Oshiq bo‘ldim” melodramasi uchun kastingdan o‘tdi va ikkalasining mahorati tufayli filmni katta muvaffaqiyatga erishdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Oshiq bo‘ldim” filmidagi Premning qizil rangli sport mashinasi va charm kurtkasi o‘sha davr yoshlarining orzusi edi, Hindiston ham asta-sekinlik bilan G‘arbga ochila boshlayotgandi.

    O‘sha paytlarda rejissor Suraj Barjatiyaning o‘zi ham debyutant bo‘lib, birinchi filmi uchun yangi chehra izlayotgandi. Salmon debyut roli omadsiz chiqqani uchun uning nazarida yangi aktyor emas edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Oshiq bo‘ldim” filmida rol o‘ynash Salmon uchun oson bo‘lmagan. U rejissorni uni ishontirishi kerak edi, chunki Barjatya allaqachon Prem roliga boshqa aktyorni ko‘z ostiga qo‘ygandi. Salmon ikki marta kastingdan o‘tadi, shartnoma imzolamaguncha ijodkorning ofisida 4 oy navbatchilik qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Keyinchalik Salmon ko‘plab filmlarda rol o‘ynadi, unda rejissorlar uning o‘jar va oqko‘ngil Prem obrazidan foydalanishdi. Albatta, Salmon Xonning aktyorlik mahorati yoki filmlarining sifati haqida bahslashish mumkin, lekin ular hind kinosining so‘nggi o‘ttiz yilligini shakllantirgan va hatto butun dunyo bo‘ylab namoyish etilgan filmlardir. Faoliyatining boshida aktyor eng yaxshi romantik qahramon, qo‘shni bola va ideal oshiq edi (aslida juda uzoq vaqt). Keyinchalik u jangari filmlar qahramoniga aylandi va bunday rollari haligacha sevib tomosha qilinadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Salmon filmlarda tez-tez ko‘rina boshlagach, ommaviy axborot vositalari bilan juda yomon munosabatda bo‘ldi. Aktyor biroz g‘alati va mas’uliyatsiz harakati bilan hammaning e’tibor markazida bo‘ldi. Uning ekrandagi va ekrandan tashqaridagi shaxsiyati o‘rtasida katta farq bor edi. Xon shaxsiy hayotini jamiyatdan yashirmagan kam sonli yulduzlardan biri edi. Ko‘p o‘tmay Bollivudda “Yomon bola” dunyoga keldi, lekin bu haqda keyingi safar gaplashamiz.

    Mavzuga doir:

    • Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)
    • Tashqi ko‘rinishi tufayli tanqidga uchraganiga qaramay, kinoda muvaffaqiyatga erishgan Bollivud aktyorlari (foto)
    • “Qasos o‘ti” hind filmidagi Kavita — Shveta Rastogi bugun nimalar bilan band? (foto)

    23.05.2022, 20:44   Izoh (0)   22008
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Gollivud aktrisasi Emma Stounning 4,2 million dollarlik uyiga sayohat

    23.05.2022, 17:50

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan aka-uka va opa-singillari (foto)

    23.05.2022, 15:52

    “Kanizak Izaura” seriali yulduzi — Luseliya Santush 65 yoshda: Aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)

    23.05.2022, 11:44

    Instagram: Singlisiga mashina sovg‘a qilgan Dili.me, dimog‘dorlikda ayblangan Nilufar Usmonova, sog‘lig‘i tufayli kasbini o‘zgartirgan Parizoda

    22.05.2022, 23:05

    Gollivudning mashhur aktyorlari haqida hamkasblari nima deydi?

    22.05.2022, 16:54

    Britaniyalik xonanda Ed Shiran ikkinchi marta ota bo‘ldi

    22.05.2022, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.