Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

1988-yilda suratga olingan “Qasos o‘ti” dramasi aktrisa Rekhani mashhurlikda yana bir pog‘onaga ko‘tardi. U gavdalantirgan ikki qahramon — Arti hamda Joti roli aktrisa sifatidagi karyerasini qayta tikladi, shuningdek, ko‘plab mukofot, tanqid va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. “Qasos o‘ti” esa kassalarda muvaffaqiyat qozongan filmlardan biri sifatida yodga olinadi, deb yozadi Bolywoodtime.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Filmning bosh qahramonlari — Rekha va Sonu Valiyaga qoyil qolmay iloji yo‘q. Filmda yana bir ajoyib personaj bor edi — bu Rekhaning qizini o‘ynagan Kavita. Darhaqiqat, bu shirin qizning ismi Shveta va 80-yillarning oxirida u unutilmas rollarni o‘ynagan, masalan, “Kishan va Kanxaya” va “Qushlar” filmlarida.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Bolaligidan kino olamida ulg‘aygan Shvetaning bugungi kunda nimalar bilan band ekanligi, albatta, tomoshabinlar uchun juda qiziq.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shveta Rastogi Chaudxari 1982-yil 16-noyabrda Mirut shahrida oddiy xodim Rakesh va uning rafiqasi Karuna oilasida tug‘ilgan. Shvetaning ota-onasining kino bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan, lekin ular san’atni hurmat qilgan va sevgan, shuning uchun deyarli tug‘ilgandan boshlab ular qizlarini klassik raqslarga yuborgan.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shveta 4 yoshga to‘lmasidanoq unga serialdan kichik rol taklif qilindi va ota-onasi bunga rozi bo‘ldi. 6 yoshida u birinchi marta reklamada paydo bo‘ldi. “To‘g‘risini aytsam, o‘sha vaqt haqida hech narsa esimda yo‘q. Men faqat kameraga qaraganimni eslayman”, — deydi Shveta.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shveta aynan reklama roligida rejissor Rakesh Roshan e’tiborini tortgan va shundan so‘ng unga Artining qizi roli taklif qilingan. Qizaloq hind kinosi muxlislarining qalbiga kirib bordi va shundan so‘ng bir nechta mashhur filmlarda ishtirok etdi. Ammo Shvetaga mashhurlikni 1993-yilda yosh Radxa rolini o‘ynagan mashhur “Krishna” seriali olib keldi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Katta muvaffaqiyatdan so‘ng u Mirutdan Mumbayga ko‘chib o‘tdi va televideniyeda karyerasini boshladi. Yoshligida u asosan mifologik seriyalarda o‘ynagan: “Shri Ganesha”, “Salom Hanuman!” va boshqalar. Keyinchalik zamonaviy seriallarda ishtirok eta boshladi. Shveta hali ham suratga tushadi. Yaqinda uning “Biroz bulut, biroz suv” loyihasi yakuniga yetdi.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Bugun aktrisa ancha ulg‘aygan — u 39 yoshda. Yoqimtoy qizaloqdan maftunkor ayolga aylangan. Uning karyerasi davom etayotganiga qaramay, hozirda Shveta kutilmaganda paydo bo‘lib, jimgina g‘oyib bo‘lgan bolalar aktrisasi sifatida esga olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)