• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan aka-uka va opa-singillari (foto)

    O‘zbek san’at vakillarining o‘ziga o‘xshash opa-singillari yoki aka-ukalari borligini bilasizmi? Ulardagi o‘xshashlik sabab muxlislar ham sevimli san’atkorlari qaysi ekanligini anglolmay qolishgan vaqtlari ham bo‘lgan. Quyida ular bilan yaqindan tanishamiz.

    Farrux va Aziz Raimovlar

    Xonanda Farrux Raimovning o‘zidan olti yosh katta Aziz ismli akasi bor. Aziz Raimov bir necha yildan buyon savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi.

    Farrux Raimov onasi, kennayisi va akasi bilan

    Farrux Raimov onasi, kennayisi va akasi bilan
    Foto: Farrux Raimov arxividan

    — Ukangizga o‘xshar ekansiz, degan gapni ko‘p eshitaman. Aslida u menga ko‘proq o‘xshaydi. Yaqinda bir qiziq voqea bo‘ldi. Ukam Farruxning mashinasini haydab ketayotgandim, aksiga olib yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xtatdi. Yonimda haydovchilik guvohnomam yo‘q, deb turgandim “Sizni tanidim”, deb qoldi. Hayajonlanganimdan ukamning haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatganimni bilmay qolibman. Xodim hech narsani payqamay, men bilan suratga tushib, oq yo‘l tiladi, — deydi Aziz Raimov.

    Foto: Farrux Raimov arxividan

    Jenisbek va Aqlbek Piyazovlar

    O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning o‘zidek opera xonandasi bo‘lgan ukasi bor. Aqlbek Piyazov akasidan 9 yosh kichik bo‘lsa-da, unga juda o‘xshaydi.

    Foto: Aqlbek Piyazov arxividan

    — Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Masalan, akam gastrol safarlari sabab to‘y xizmatlari yoki konsertlarga yetib borolmasa, men sahnaga chiqishimga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday vaziyatda mezbonlarni ogohlantirib qo‘yamiz. Yaqinda “Yakkasaroy” to‘yxonasida xizmatimiz bor edi. Akam esa konsert sabab Olmaliqqa ketgandi. O‘z vaqtida yetib kelolmagani uchun to‘yda o‘zim ishtirok etdim. Uchinchi qo‘shiqni berilib kuylayotganimda orqamda kimdir qarsak chaldi. Qarasam, haqiqiy Jenisbek Piyazov kulib turibdi, — deydi Aqlbek Piyazov.

    Foto: Aqlbek Piyazov arxividan

    Alisher va Xurshid Turdiyevlar

    Xonanda Alisher Fayzning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan xonanda ukasi bor. Xurshid Turdiyev ham bir necha yildan buyon san’atda faoliyat yuritadi.

    Foto: Instagram / @xurshidbek_turdiyev_official

    — Tashqi ko‘rinishimni akamga o‘xshatishadi, ammo mendan ko‘ra o‘rtancha akam Valijon ko‘proq o‘xshaydi, deb hisoblayman. Hozir-ku ko‘pchilik Alisher Fayz akam ekanligini yaxshi biladi. Ilgari ko‘pchilik bilmagani uchun qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lardi. To‘y-tantanalarda odamlar meni Alisher Fayz yoki boshqa xonandaligim bo‘yicha garov o‘ynagan paytlari ham bo‘lgan. Hatto bir to‘yda menga akamning suratini ko‘rsatib, shu odamga o‘xsharkansiz, deyishgan. O‘zimni bilmaganga olib, rostdan o‘xshash ekanmiz deganman, — deydi Xurshid Turdiyev.

    Alisher Fayz ukasi Xurshid Turdiyev bilan

    Alisher Fayz ukasi Xurshid Turdiyev bilan
    Foto: Xurshid Turdiyev arxividan

    Nigora va Zamira Ismoilovalar

    Xonanda Nigoraning o‘zidan 6 yosh katta Zamira ismli opasi bor. Zamira bir necha yillardan buyon kutubxona mudirasi bo‘lib ishlaydi.

    Foto: Kollaj

    — Bolalikdan opam ikkimizni bir-birimizga o‘xshatishardi. Nafaqat yuz tuzilishimiz, hatto bo‘y-bastimiz ham juda o‘xshash. Shu bois hayotimizda qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Bir yili Samarqandga xizmatga boradigan kunimiz qattiq og‘rib qoldim. Yonimda ishonchli odam bo‘lsin, deb opamni ham olib ketadigan bo‘ldik. Yo‘lda dam olish uchun to‘xtaganimizda bir nechta sotuvchi qizlar mening yonimdan indamay o‘tib ketib, to‘g‘ri opamning oldiga borishgan. Men esa mashinaga o‘tirib olganman. Qizlarning bari opam bilan suratga tushishgan. Opam qaytgach, “Nega bunday qilding? Rosa noqulay bo‘larkan?” deb koyib bergandi. Nima qilay, qizlarga u emas, men Nigoraman, deyish menga ham noqulay bo‘ldi-da, degandim, — deya xotirlaydi Nigora.

    Xonanda Nigora yaqinlari davrasida

    Xonanda Nigora yaqinlari davrasida
    Foto: Nigora arxividan

    Alisher va Sarvar Uzoqovlar

    Aktyor va boshlovchi Alisher Uzoqovga  juda o‘xshash akasi bor. Sarvar Uzoqov Alisherdan to‘rt yosh katta va ayni kunlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram / @sarvar_uzakov

    — Dadam vafotiga qadar uning yolg‘iz o‘g‘liman va unga juda o‘xshayman, deb yurardim. Vafotlaridan so‘ng dadamning birinchi turmushidan Sarvar ismli o‘g‘illari borligi haqida eshitdim. Ilk marta akam bilan uchrashganimda u mendan ko‘proq dadamga o‘xshashligiga guvoh bo‘ldim. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki fe’l-atvori ham juda o‘xshaydi. Akam bir necha yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Akam bilan bir-birimizga juda o‘xshaymiz. Bizni yaqindan bilgan insonlar qiyofamiz o‘xshashligini aytishadi, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.

    Ziyoda va Aziza Qobilovalar

    Xonanda Ziyodaning ham tashqi ko‘rinishi o‘ziga o‘xshash singlisi bor. Aziza Qobilova ham san’atga qiziqib, shu yo‘nalishda tahsil olgan.

    Foto: Kollaj

    — Aziza bilan egizaklarga o‘xshaymiz. U bilan bog‘liq qiziqarli voqealar ko‘p bo‘lgan. Masalan, ko‘cha-ko‘yda odamlar Azizani men deb o‘ylab, u bilan rasmga tushishgan. Hatto xuddi shunday holat konsertlarda ham bo‘lgan. Azizaning ovozi nihoyatda shirali, faqat yo‘nalishi boshqacha. U ko‘proq xorij musiqasiga qiziqadi. Rayyona ismli shirin qizchasi bor, — deydi xonanda Ziyoda.

    Foto: Instagram / @ azizaqobilova_

    Sevinch va Shahlo Mo‘minovalar

    Xonanda Sevinch Mo‘minovaning o‘ziga o‘xshash Shahlo ismli opasi bor. Opa-singillarning orasida bir yosh farq bor. Instagram kuzatuvchilari xonandaning qizi Leylani Shahlo xolasiga o‘xshatishadi.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — Shahlo opam bilan deyarli tengdoshdek ulg‘ayganmiz. Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun ilgari bizni egizak deb o‘ylashardi. Shahlo Angliyada tahsil olgan, tarjimon va iqtisodchilik mutaxassisliklarini egallagan. Ayni kunda farzandlari tarbiyasi bilan band, — deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    Foto: Skrinshot

    Lola va Anora Yo‘ldoshevalar

    Foto: Instagram / @anora_ilyosova

    Ijodiy tanaffusdagi xonanda Lolaning o‘ziga juda o‘xshaydigan singlisi bor. Anora Ilyosova ayni kunda to‘rt o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan AQSHda yashaydi. U O‘zbekistonda yashagan vaqtda “O‘zbegim taronasi” radiosida boshlovchilik ham qilgan.

    Foto: Instagram / @anora_ilyosova

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonlik mashhurlarning opa-singillari nima ish qiladi? (foto)
    • Bir-biriga o‘xshashligi bilan ashaddiy muxlislarini ham lol qoldiradigan jahon yulduzlari (foto)

    23.05.2022, 15:52   Izoh (0)   102830
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kanizak Izaura” seriali yulduzi — Luseliya Santush 65 yoshda: Aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)

    23.05.2022, 11:44

    Instagram: Singlisiga mashina sovg‘a qilgan Dili.me, dimog‘dorlikda ayblangan Nilufar Usmonova, sog‘lig‘i tufayli kasbini o‘zgartirgan Parizoda

    22.05.2022, 23:05

    Gollivudning mashhur aktyorlari haqida hamkasblari nima deydi?

    22.05.2022, 16:54

    Britaniyalik xonanda Ed Shiran ikkinchi marta ota bo‘ldi

    22.05.2022, 11:50

    Instagram: Dildora Niyozova san’atni tark etdi, “Chorsu”da pomidor sotayotgan Nargiz Zokirova, “Million” konsertiga borgan Yulduz Usmonova

    21.05.2022, 23:17

    Instagram: Shahzoda Muhammedova Amerikaga ketyapti, Lola Shahzoda bilan qanday munosabatda? Kaniza yangi mashinasini ko‘rsatdi

    20.05.2022, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.