Toshkent shahar hokimligi 21–24-may kuni poytaxtda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini xabar qildi.
Hokimlik ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalar qo‘ymaslikni so‘ragan.
“Kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda (71) 212 69 80, 212 69 82 hamda 1050, 1055 tezkor raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, – deyiladi xabarda.
Bundan avval Urganchda shamol uchirib yuborgan tom Gentra ustiga tushgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)