• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya “Azovstal” nazorat ostiga olinganini e’lon qildi. “Azov” komandiri go‘yoki mariupolliklarning nafrati tufayli u yerdan zirhli avtomobilda chiqarib ketilgan

    Rossiya Mudofaa vazirligi “Azovstal” zavodi hududi nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

    Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

    Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov qayd etishicha, 20-may kuni harbiy xizmatchilarning 531 kishidan iborat so‘nggi guruhi asirlikka taslim bo‘lgan. Zavoddan bir necha kun ichida jami 2439 nafar harbiy chiqarilgan. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinni “operatsiya yakunlangani hamda kombinat va Mariupol shahri ukrainalik jangarilardan to‘liq ozod etilgani haqida” xabardor qildi, dedi Konashenkov.

    Taslim bo‘lgan harbiylar orasida “Azov” polkining “komandiri” ham bor, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida. Konashenkov ta’kidlashicha, u zavod hududidan maxsus zirhli avtomobilda chiqarib ketilgan — go‘yoki, uning “ko‘plab vahshiyliklari tufayli mariupolliklarning nafratiga uchragani va shaharliklar uni jazolash istagida bo‘lgani uchun” shunday qilingan. Ammo idoraning rasmiy bayonotida komandirning ism-sharifi keltirilmagan. Konashenkovning bayonotidan bir soat avval Birinchi kanal “Azov” komandiri Denis Prokopenko asirlikka taslim bo‘lganini ma’lum qilgandi.

    Ukraina hukumati Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotlarini izohlaganicha yo‘q. Prezident Vladimir Zelenskiy o‘z inauguratsiyasining uch yilligi munosabati bilan tashkil qilingan intervyuda (U Rossiya Mudofaa vazirligi xabarlaridan avvalroq e’lon qilingandi) zavoddagi harbiylar “chiqib, o‘z hayotlarini saqlab qolishga to‘la huquqli ekanliklari haqida buyruq olgan”ini aytgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarning chiqib ketishi haqida “Turkiya, Shveysariya, Isroil, Fransiya bilan ushbu mamlakatlar yetakchilarining Rossiya bilan munosabatlari tufayli” kelishuv olib borgan. “Ammo ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, harbiylarimizga tegishli qurol-yarog‘larni taqdim etish uchun, harbiy yo‘l bilan biz Mariupolga borib, bu odamlarni qamaldan chiqarishimiz uchun boshqa davlatlar yetakchilari bilan o‘nlab, yuzlab marta gaplashganman”, — dedi Ukraina prezidenti.

    Harbiylar 16-may kuni “Azovstal” hududidan chiqishni boshlagandi. Ukraina hukumati “asirlikka taslim bo‘lish” iborasidan qochib, hodisani “qutqaruv operatsiyasi” deb atagan va harbiylar tez orada Ukraina nazorati ostidagi hududga o‘tishini ta’kidlagandi. Harbiylarning o‘zlari, taslim bo‘lishni boshlashdan avval, qo‘mondonlik buyrug‘ini bajarayotganini ma’lum qilgandi. Jarayon boshlanganidan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiylarni qaytarish ishlari “ehtiyotkorlik va vaqt talab qilishi”ni aytib, “ukrain qahramonlari Ukrainaga sog‘-omon holda kerakligini” ta’kidlagandi; undan keyin Ukraina hukumati o‘z bayonotlariga ehtiyotkorlik bilan yondashib, mavzu bo‘yicha izohlardan tiyilishni afzal ko‘rdi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi “Azovstal”dagi harbiylar o‘z-o‘zini xalq respublikasi deb e’lon qilgan Donetsk hududiga olib ketilayotganini xabar qilgandi. Idora bayonotiga ko‘ra, yaradorlar Novoazovsk shahar kasalxonasiga, qolganlar esa Yelenovka qishlog‘iga jo‘natilgan.  Ammo Rossiya OAVlarining norasmiy xabarlarida “Azov” jangchilari Rostov viloyatidagi tergov izolyatoriga yuborilayotgani aytilgandi. Ukrain harbiylarining taslim bo‘lishi va Ukraina hukumatining ular ayirboshlanishi haqidagi bayonotlari fonida, Rossiyada, aksincha, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida gapira boshlashdi. Xususan, Davlat dumasida “natsist jinoyatchilar safidan bo‘lganlarni ayirboshlashni” qonun bilan taqiqlashni va Rossiyada o‘lim jazosini moratoriydan istisno qilishni taklif etishdi. Rossiya Bosh prokuraturasi esa Oliy suddan “Azov”ni terrorchilik tashkiloti deb tan olib, Rossiyada uning faoliyatini taqiqlashni so‘radi.

    “Azovstal” bir yarim oy mobaynida Mariupolda Ukraina qismlarining yagona qarshilik ko‘rsatish nuqtasi bo‘lib kelgan. Shaharning katta qismi aprel boshidayoq rossiyalik harbiylar nazorati ostiga o‘tgan va zavod qurshovda qolgan. Birinchi haftalarda hududda “Azovstal”ni mudofaa qilayotgan Ukraina HDK 36-dengiz piyodalari brigadasi va “Azov” polki harbiylari bilan birga yuzlab tinch aholi vakillari ham bo‘lgan. Kiyev va Moskva ularni evakuatsiya qilish haqida kelishib olishga tayyorligini bildirgandi, ammo aprel oyi bir-birini kelishuvlarni buzishda ayblash bilan o‘tdi. Oxir-oqibat tinch aholini evakuatsiya qilish 30-apreldagina Qizil xoch va BMT vositachiligida boshlandi; 7-may kuni zavod hududidan barcha ayollar, bolalar va keksalarni chiqarib ketish yakunlandi. Ularning bir qismi Zaporojyega yetkazildi, boshqalar esa, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Donetsk Xalq Respublikasida qolishga qaror qildi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiya yana 771 nafar “Azov” jangchisi taslim bo‘lganini ma’lum qildi
    • “Azovstal”dagi 265 nafar ukrainalik harbiy asirlikka taslim bo‘ldi. U yerdan yana bir guruh harbiylar evakuatsiya qilindi
    • Ukrainalik harbiylar “Azovstal”dan evakuatsiya qilina boshladi. Ular “ayirboshlash jarayoni orqali” Kiyevga topshirilishi aytilmoqda

    21.05.2022, 22:37   Izoh (0)   28101
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari o‘nligidan chiqib ketdi

    21.05.2022, 21:15

    Reuters: Germaniya va Italiya importchilarga gaz sotib olish uchun rubl hisoblarini ochishga ruxsat berdi

    21.05.2022, 20:14

    CNN: AQSH Yevropada 100 ming nafar harbiylarini qoldirmoqchi

    21.05.2022, 19:35

    Rossiya Finlyandiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

    21.05.2022, 17:32

    Qozog‘istonning Chimkent shahridagi tug‘uruqxona yaqinida portlash yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    21.05.2022, 15:38

    JSST: Yoz mavsumida maymunchechak bilan kasallanish darajasi oshishi mumkin

    21.05.2022, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.