• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jinoyatchini tutganimda belidagi granatani portlatib yuborgan”. 16-fevral voqealarida qatnashgan ekstremistni ushlash vaqtida qo‘llaridan ayrilgan kichik serjant Isoqjon Jamolov hikoyasi

    Kichik serjant Isoqjon Jamolov bundan 23 yil avval, 1999-yilning 27-aprel kuni xalqaro qidiruvdagi ekstremist, Tojikistondan O‘zbekistonga kelgan ashaddiy jinoyatchi Abdulhafiz Umarovni qo‘lga olish vaqtida jiddiy jarohatlangan. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi Toshkentdagi 1999-yil 16-fevral voqealarida ishtirok etgan va chet elga qochib, yana ortga qaytgan. Maxsus xizmatlar tomonidan uyiga qaytgan jinoyatchi haqida xabar topilib, uni zudlik bilan qo‘lga olish choralari ko‘riladi. Jamolov jinoyatchini ushlagan payti ekstremist qo‘lida bo‘lgan jangovar granatani portlatib yuboradi. Natijada Jamolov qattiq yaralanadi, jinoyatchi esa voqea joyida vafot etadi. Jarohat sababli Jamolovning chap qo‘lining bilak qismi va kaft bo‘g‘imi, o‘ng qo‘lining to‘rtta barmog‘i olib tashlangan.

    “Daryo” nashri 22 yoshda nogironga aylanib qolgan Jamolov bilan uning ishdan ketishi, oila qurishi va bugungi hayoti haqida suhbatlashdi.

    Jinoyatchini tiriklay qo‘lga olish buyurilgandi

    1978-yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilganman. Harbiy xizmatni Toshkent viloyati Qibray tumanida 1997-yili tamomlaganman. Uyga qaytgan paytim tezkor ta’sir ko‘rsatuvchi militsiya otryadi (u paytda OMON deyilardi) ishga xodimlar olayotgan bo‘lgan. Yoshlikdan qiziqish bo‘lgani uchun borganmiz. Nasib ekan, o‘sha yili kuzda 19 yoshimda ishga kirganman.

    1999-yilda 16-fevral voqealari bo‘lib o‘tgan vaqtlar edi. Kechqurun navbatchilik qismida edik. Boshqarmaga bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, ukasini (jinoyatchini) qo‘lga olishimizni so‘ragan. Aytilgan odamni tiriklay qo‘lga olish buyurildi. Biz bilan birga o‘sha qo‘ng‘iroq qilgan akasi ham borgandi. Uni jinoyatchining akasi ekanini keyin bilganman. 3-4 kishi edik. Bizga jinoyatchi xonadoniga kelgani, yonida quroli yo‘qligi aytilgan. Ammo u odam o‘zi bilan granata olib kelgan bo‘lgan. Tiriklay qo‘lga olish vaqtida u uy ichidan yugurib chiqqan. Men uni birinchi bo‘lib qo‘lga oldim. Ko‘chada bolalar o‘ynayotgandi. Qo‘yib yuborsam, chiqib o‘zini ularga urardi. Ey Xudo, o‘zing asragin, deb uy ichiga kirib borganmiz. Men jinoyatchining orqa tomoniga o‘tib qolganman. Uni mahkam quchoqlab, ushlab olgandim. Uning belida granatasi bo‘lgan va o‘sha vaziyatda o‘zini portlatib yuborgan. Shunda men o‘ldim shekilli, deb o‘ylaganman. Hamma yoq oppoq, hech narsa ko‘rinmasdi. Chap qo‘limga ko‘zim tushgan, titilib ketgandi. Ushlayman deb, narigi qo‘limni ko‘tarsam, u ham titilgan. Quloqlarim hech narsani eshitmayotgandi. Og‘riqqa chidab bo‘lmasdi. O‘zimni bilmayman. Keyin ko‘chaga qarab yugurib chiqqanman. Sheriklar shifoxonaga olib ketgan.

    Isoqjon Jamolov

    Isoqjon Jamolov
    Foto: “Daryo”

    “Qo‘llarimni kesmanglar, deb yalinganman”

    Taqdirga yozilgan ekan-da shu ishlar. Ekspertlar voqea joyiga borganda ko‘rib: Xudo asragan ekan seni, deyishgan. O‘zini portlatgan odam mayda-mayda bo‘lib ketgan. Ammo uni men ko‘rmaganman.

    Mashinada shifoxonaga ketayotib sheriklarga “qo‘llarimni boylanglar”, deyapman, bog‘lashadi. Borguncha mashina ichi ham qonga to‘lgan. Kasalxonaga borgandan keyin shifokorlarga “qo‘llarimni kesmanglar, iltimos, hali uylanmaganman”, deb yalinganman.

    Chap cho‘ntagimda guvohnoma bo‘lardi. Bomba zarralari undan ham teshib o‘tgan, lekin yurakdan pastroqqa sanchilgan. Yana bir zarrasi tomog‘imga sanchilgan. Xudoyim asragan. Undan keyin hayot sinovlari boshlangan. Qo‘limni kesishi xayolimga kelmagan-ku, kesmanglar deyaverardim. Og‘riq qoldiradigan ukol qilsanglar bo‘ldi, deb baqirib yuborganman. Keyin rentgenga qarab, o‘ng qo‘lim butun qolibdi-ku deb o‘ylaganman. Otamga xabar berishgan. Uydan ertalab soppa-sog‘ chiqib ketgandim. Otam zavodda ishlardi. Otam bilsalar bo‘ldi, deganman. Sezgan ekanlar, ko‘rgani borganlar. Ota, shunaqa bo‘lib qoldi, deb yig‘laganman. O‘zlari ham yig‘lab yuborganlar. O‘zimga kelganimda bolalar yaxshimi, deb so‘rayvergan ekanman. O‘sha voqea vaqtida ko‘chada bolalar o‘ynab yurgan edi-da. Yaxshi, ular sog‘ qolishgan ekan. Shundan keyin davolanishlar boshlandi. 2 yildan ko‘p davolanganman.

    Foto: IIV

    “Og‘riqlar yo‘q bo‘lib ketmadi”

    Yaralarim 1 yil deganda bitdi. Ammo og‘riqlar o‘sha-o‘sha, yo‘q bo‘lib ketmadi. Keyin hayotga moslasha boshladim. Yaxshi insonlar, ota-ona, aka-uka, yaqinlar yordamlashdi. Mana hozir shu voqeaga 23 yil bo‘lyapti. Odam sekin-asta moslashib ketarkan. Katta bo‘lgandan keyin bilinarkan, yoshlikda bilinmas ekan. Keyin o‘qimoqchi bo‘ldim. 4 yil Namangandagi universitetga o‘qishga hujjat topshirdim. Ammo kira olmadim. Baribir nogiron bo‘lib qolganim uchun ichki ishlardan chiqarib yuborishlari aniq edi. O‘shanda o‘qituvchilik qilmoqchi bo‘lganman. Biroq o‘qishga qabul qilinmadim.

    Keyin uyda mol boqa boshladim. Sekin-asta shunga moslashib ketdim. Kunduzi mollarga qarayman, kechki payt maktabga ketaman. Pensiyadan to‘p olib, bolalar bilan futbol o‘ynadim. Hayotga moslashib ketish kerak-ku. Shifokorlar “harakatdan to‘xtab qolmagin”, deyishgandi. Hozir u bolalar katta-katta yigit bo‘lib qolishgan.

    Keyin Chortoq pedagogika kollejida sirtqi bo‘limda jismoniy tarbiya yo‘nalishida o‘qidim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, ham murabbiylik qildim. O‘ylab qarasam, yoshim ancha katta bo‘lib qolgan va kichkina bolalar bilan ishlash juda mas’uliyatli edi. Shuning uchun bu ishni to‘xtatdim.

    Yana mol boqishga o‘tib ketdim. Mashina haydashni o‘rgandim. Otam avtomobil olib berdilar. U yoqqa boramiz, bu yoqqa kelamiz. Davlatdan pensiya olaman. Bolalarim ham katta bo‘lib qolishdi. Hayot shunaqa ekan. Peshonaga yozilgan narsalar sekin bo‘lib o‘taverarkan. Xursandchilik ham, xafachilik ham bo‘lib qolaveradi.

    Foto: “Daryo”

    “Soppa-sog‘ odam birdaniga hech narsaga yaramay qolishi yomon ekan”

    Ishdan bo‘shamayman, ishlayman, “gruppa” (nogironlik guruhi) ham olmayman, deb turib olganman. Pensiyaga kuzatamiz, deyishganda ham ishlayman, deganman. Lekin iloji yo‘q edi. Tadbir o‘tkazib, 2000-yilda chiroyli qilib pensiyaga kuzatishgan. O‘sha paytlar qo‘llarim hech narsaga yaramasdi. Otamning o‘zlari kiyintirib, yechintirar, ovqatlantirib qaraganlar. Odam moslashib ketarkan. Nogironlikda ham keksalikka o‘xshab muhtojlik bo‘larkan.

    Albatta, nimaga endi menda shunday bo‘lishi kerak, degan savollar qiynagan. Norozilik taqdirga tan bermaslik bo‘ladi. Bular taqdirda bor narsalar. Shuncha yil yashadik. Alloh umr, rizq, farzandlar berdi. U kunlar o‘tib ketdi. Soppa-sog‘ yurib hech narsaga yaramay qolsangiz, moslashguncha yoningizdagilar parvona bo‘larkan. 1 yil davolangan bo‘lsam, har kuni qo‘llarim “perevyazka” qilinardi. Bitib tuzalguncha, og‘riqlar yo‘qolmagan. Hozir ham issiq yoki sovuqda og‘riq bo‘ladi.

    Ikki marta uylanganman. Birinchi ayolim Andijondan edi. Unda ham qo‘llarim shu holatda edi. Qishloqda yashaymiz, katta hovli boshqa joyda edi. Taqdir qo‘shilmagan ekan, u bilan ajrashganmiz. Bir-birimizga moslasholmadik. Keyin 4 yil yurdim va yana bir juft uchratdim. Taqdir ekan, unga uylandim. Hozir hammasi yaxshi, farzandlarimiz bor.

    Adiba JamolovaFoto: “Daryo”

    Taqdir bizni uchrashtirgan. Avvaliga uyimizdagilar “nima qilasan, eplay olmaysan”, deyishgan, ya’ni darrov rozilik berishmagan. Shu insonni baxtli qilaman, deb qattiq turib olganman. Yuragimda shu insonga nisbatan iliqlik paydo bo‘lgan. Bu gaplar kitobiyga o‘xshaydi-ku, lekin bor gap. 2004-yilda turmush qurganmiz. Og‘ir hayot kutgandim. Ammo men kutganchalik qiyinchilik bo‘lmadi. Boshida juda qiyin o‘tadi, deb o‘ylaganman. Lekin meni baxtli qildilar. Turmush o‘rtog‘im o‘zlarini eplab, hamma qatori yasharkanlar. Lekin baribir parvarish va e’tiborga muhtojlar. Bularni bir og‘iz gaplaridan ko‘ngli toza insonligini sezganman. Men shu insonni tanlaganimga afsuslanmayman va shukr qilaman. O‘zini ham o‘ylamasdan yosh bolalarni o‘ylab jonini xavfga qo‘yganlarini eshitganman. Men moslashib ketdim. Chunki shu insonni baxtli qilaman, deb qat’iy qaror qilgan edim. Hozirgi qishloq sharoitida yashash biroz qiyinroq, ya’ni issiq-sovuq suv masalasi bor. Bir kishiga qarab turmasak, qiyin bo‘ladi. Hatto qo‘llarini yuvish uchun ham bizning yordamimiz kerak bo‘ladi. Uyda bo‘lmasak, qo‘llarini yuva olmaydilar. Agar imkoni bo‘lsa, yaxshi odamlardan turmush o‘rtog‘imning yashash sharoitini yanada yaxshilashga yordam berishlarini so‘rab qolardim. Qaniydi, imkonim bo‘lganda sharoitlarini yaxshi qilib berardim. Lekin unday qila olmayman-da. Boshida rosa asabiy edilar. Endi hayotga moslashib yaxshi bo‘lib ketdilar. Qo‘limdan kelgancha qarayman, bizdan nolimaydilar.

    Adiba Jamolova, turmush o‘rtog‘i

    Rivojiddin JamolovFoto: “Daryo”
    Onasiga ham, bizga ham oson bo‘lmadi. Hozir ham o‘g‘limizning holatini ko‘rib ta’sirlanamiz. Insonga Xudoyi taolo sabr berarkan. Boriga shukr qilib, farzandli bo‘ldi. Uni ko‘rib ham quvonamiz. Bu holatini ko‘rib turib, ota-ona ezilamiz ham. Lekin mana hayotda o‘z o‘rnini topyapti. Ko‘pchilik qatori yashayapti. Mashinasida meni o‘ynatib yuradi o‘g‘lim. Xizmatimizni qilyapti, baraka topsin.

    Rivojiddin Jamolov, otasi

    Isoqjon Jamolov ko‘rsatgan jasorati uchun O‘zbekiston prezidentining 1999-yil 8-avgustdagi farmoniga asosan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

    21.05.2022, 14:16   Izoh (0)   108414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda “ZIL” va Nexia-3 ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi (video)

    21.05.2022, 13:36

    DXX Gulistonda noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo‘ydi (video)

    21.05.2022, 13:15

    Jo Bayden AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi

    21.05.2022, 12:56

    Andijonda yigit va qiz o‘zini ko‘p qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘lgani aytilgan video tarqaldi

    21.05.2022, 12:35

    Donald Lu boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

    21.05.2022, 12:14

    O‘zbekiston yanvar—aprel oylarida asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘ldi

    21.05.2022, 11:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.