Hujumchi Luis Suares va yarim himoyachi Ektor Errera mavsum yakunida “Atletiko”ni tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Madridliklar “Sevilya”ga qarshi o‘yindan so‘ng muxlislardan “Vanda Metropolitano”ni tark etishga shoshilmaslikni so‘radi. Uchrashuvdan keyin “Atletiko” bu ikki futbolchiga minnatdorchilik bildirmoqchi.
Errera “Atletiko” safida 2019/20-yilgi mavsumdan beri to‘p suradi, Suares esa 2020-yilning yozida kelgandi. Har ikki futbolchi jamoani erkin agent maqomida tark etadi.
Avvalroq 35 yoshli urugvaylik futbolchi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishi xabar qilingandi.
Izoh (0)