Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etib (0:0, penaltilar — 6:5), navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Germaniyalik mutaxassis “Liverpul” bilan Angliya chempionati, Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib chiqqan ilk murabbiy bo‘ldi.
Shuningdek, Klopp ushbu sovrinlarni ingliz klubi boshqaruvida qo‘lga kiritgan tarixdagi ikkinchi murabbiy bo‘ldi. Bunga qadar faqat Aleks Fergyuson ushbu natijani qayd etolgandi.
Klopp “Liverpul” bilan oltinchi sovrinni qo‘lga kiritdi. Germaniyalik mutaxassis shu vaqtga qadar umumiy miqdorda 11 ta sovringa ega chiqqan.
“Liverpul” Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinda ketmoqda va Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan. Shunday qilib “qizillar” joriy mavsum yana ikkita sovrin qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turibdi.
Izoh (0)