“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatida yettinchi marta mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Polshalik hujumchi Bundesliga 2021/22-yilgi mavsumida 35 ta gol urdi. Bu sermahsullik borasida Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi ikkinchi natija bo‘ldi. O‘tgan mavsum 33 yoshli forvard 41 ta gol urgandi.
Yettinchi marta chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Robert bu borada “Bavariya” sobiq futbolchisi Gerd Myullerning rekordini takrorladi.
Polyak shu kunga qadar Bundesliga bir mavsumidagi va birinchi davradagi gollar soni bo‘yicha Myullerning rekordini yangilagandi.
Avvalroq Levandovski mavsum yakunida “Bavariya”ni tark etishi va unga “Barselona”dan jiddiy qiziqish borligi aytilgandi.
Izoh (0)