Sariosiyo tumanining tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY Zoxona qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi oqibatida qidirilayotgan ikkinchi fuqaroning ham jasadi topildi. Bu haqda FVV xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda To‘palang daryosi o‘zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda, ikkinchi fuqaroning jasadi birinchi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 kilometr quyidan topildi.
Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Bundan avval Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki fuqarodan birining jasadi topilgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)