Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sel oqizib ketgan ikki fuqarodan birining jasadi topildi. Bu haqda viloyat FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

10-may kuni soat 16:00 lar atrofida tumanning tog‘li hududi “Bog‘iston” MFY, Zoxona qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.

Hodisa oqibatida ushbu hududda o‘zining Nexia’sida bo‘lgan, Uzun tumanida yashovchi ikki fuqaroni ham sel oqizib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jarayonida avtomobil va bir nafar fuqaro To‘palang daryosi o‘zanidan topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 13-maygacha O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda