• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mahbuslar orasida otasini mashhur qilgan UFC chempioni. Kamaru Usmonning sirli motivatsiyasi haqida

    Kamaru Usmon eng ko‘p tanqid qilinadigan UFC chempionlaridan biri hisoblanadi. U 2013-yildan beri biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan, yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini besh marta himoya qilgan va bu borada Jorj Sen-Pyerdan ham o‘zib ketgan (Jorj divizionda 13 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, Kamaruda bu ko‘rsatkich 15 tani tashkil qiladi). Usmon o‘z davrining yulduz jangchilari Demian Mayya, Tayron Vudli, Gilbert Byorns, Kolbi Kovington va Xorxe Masvidalni yer tishlatgan (so‘nggi ikkisini ikki martadan).

    Usmonning Masvidalga qarshi revansh jangi oldidan uni tomoshabinlar hushtakbozlik bilan kutib oldi — ular Usmonning janglarini tomoshabob deb hisoblamas va uning kurash tushishga bo‘lgan muhabbatini qimmat “uyqu dorisi” deb ataydi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Biroq o‘sha safar Kamaru barchani hayratda qoldirdi: u nafaqat Masvidalni nokautga uchratdi (Xorxe oxirgi marta 2008-yilda nokautga uchragan), balki birinchi marta otasini oktagonga olib chiqdi va unga chempionlik kamarini tutqazdi. Muhammad Usmon (Kamaruning otasi) uchun bu katta voqea: u Amerika qamoqxonasida 10 yildan ortiq “o‘tirib chiqqan” va faqat 2020-yilning fevralida ozodlikka chiqqan, Kamaru uni aybsiz deb biladi.

    Katta Usmon o‘g‘lining janglarini televizorda ko‘rgan, hozir esa unga tomoshabinlar orasidan muxlislik qiladi. Bu oila uchun nihoyatda ta’sirli voqea...

    Usmonning otasi katta oilani Nigeriyadan AQShga olib kelgan. U dastlab muvaffaqiyatga erishadi, ammo Kamaru 23 yoshdaligida firibgarlik uchun qamalib ketadi

    Muhammad Usmon Nigeriyadan AQShga 1998-yilda, Kamaru ikki yoshda bo‘lganida ko‘chib o‘tgan. U dastlab Nigeriya, keyinchalik AQSh armiyasida xizmat qiladi, shu bilan birga farmatsevtika sohasi bo‘yicha ham tahsil oladi. Muhammad vataniga diplom bilan qaytishni rejalashtirgandi, biroq vaqt o‘tgach, AQShda qolib, oilasini ham shu yerga ko‘chirishni istayotganini tushunib yetadi (bu paytga kelib, uning uch nafar o‘g‘li bor edi).

    Muhammad o‘zini biznesga uradi va tezda ishlari yurishib ketadi. Ammo oilasini ko‘chirish uchun unga olti yil kerak bo‘ladi: 1989-yildan 1995-yilgacha u biror marta ham Nigeriyaga bormaydi. Muhammad qarindoshlari bilan telefon orqali gaplashar va AQShda bo‘lgan vatandoshlari orqali xatlar jo‘natib turardi. Ko‘pincha u uyiga konvertda pul jo‘natar va sovg‘alarni ham pochta orqali yuborardi.

    “Muhammad bolalarga video o‘yin yuborganida ular uning nimaligini so‘ragandi. Bizda elektr yo‘q edi, ularga: ‘Dadangiz Amerikaga borganingizda o‘ynaysizlar deb o‘yinchoq yuboribdi’, dedim. Biz uni ulash uchun naq ikki hafta kutishimizga to‘g‘ri keldi, o‘shanda bolalar birinchi marta ekranda sakrab turgan kichik tasvirni ko‘rgandi. Ular bundan juda hayajonlanib ketgandi”, — deya yodga olgandi Kamaruning onasi Afishetu.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Oila ko‘chib o‘tgandan so‘ng bolalar Amerika maktabiga boradi, aynan o‘sha yerda Kamaru kurashga qiziqib qoladi. Biroq ota-onasi uni qo‘llab-quvvatlamaydi: ular musobaqalarga bormas va o‘g‘lining jarohat orttirib olishidan xavotirlanardi. Har safar Kamaru onasiga kurash haqida gapirmoqchi bo‘lsa, shunday javob olardi: “U yerda boshqa bolalar bilan janjallashasanmi? Bizni har kuni maktabga chaqirishlarini xohlaysanmi?”. Afishetu o‘g‘illarining bezori bo‘lib ketishidan va turmush o‘rtog‘ining urinishlari besamar ketishidan qo‘rqardi.

    Ammo Kamaru kurashda muvaffaqiyatga erisha boshlaydi: dastlab o‘rta maktab darajasida (rekord 53-3), keyin esa Nebraska universitetida, Kamaru u yerga aynan sportdagi yutuqlari tufayli qabul qilingandi. Katta Usmon o‘g‘lining kurash musobaqalarini uch marta ko‘rgan, xolos. Oxirgisi 2009-yilda Hyuston ikkinchi divizionida, Kamaru unda birinchi o‘rinni egallaydi. O‘sha yilning yozida Muhammad hibsga olinadi, 2010-yilning may oyida esa 15 yillik qamoq va 1,3 million dollarlik jarimaga hukm qilinadi.

    U oilasining ko‘z o‘ngida hibsga olinadi: maxsus kuchlar Usmonlarning uyiga bostirib kirib, eshikni ochgan Muhammadning 20 yoshli o‘g‘lini itarib yuboradi. O‘sha paytda Kamaru 23 yoshda edi.

    Katta Usmon sog‘liqni saqlash sohasida firibgarlikda ayblanadi, ammo Kamaru otasining aybsiz ekanligiga ishonadi

    Katta Usmonning jinoyati maishiy o‘g‘rilik emasdi — u ta’lim olgan va biznes bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadigan odam edi. Muhammad shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan (jumladan, og‘ir bemorlarni tashishga mo‘ljallangan) ikkita kompaniyaga egalik qilardi: Royal Ambulance (2003-yilda tashkil etilgan) va First Choice EMS (2005-yil). U biznesni menejerlar jamoasi yordamida boshqarardi. Kamaruning so‘zlariga ko‘ra, aynan ular otasining “tagiga suv quygan”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “U Dallasda katta biznesga egalik qilardi, bu tibbiy yordam ko‘rsatadigan kompaniyaga o‘xshash narsa edi. Lekin o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, boyib ketgan muvaffaqiyatli migrantlar odamlarga yoqavermaydi. Otam biznes bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagani uchun kompaniyaga odamlarni yollashda xatoga yo‘l qo‘ygan. Xodimlar o‘z aybiga iqror bo‘lsa-da, sud qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod qilmasligini aytib, hamma aybni unga ag‘dardi, natijada otam 15 yil oldi”, — degandi Usmon Jo Rogan bilan bo‘lgan suhbatda.

    Katta Usmon sog‘liqni saqlash sohasida ko‘plab firibgarlik harakatlarida va davlatdan pul olgan soxta kompaniya yaratishda (sug‘urta to‘lovlari uchun ham soxta vedomostlar tuzgan) ayblangan. Federallar hujjatlarni o‘rganayotganda shubhali narsalarni payqaydi, ammo bemorlar bilan suhbatdan so‘ng hamma narsa aniq bo‘ladi. Muhammadga aybini tan olish taklif qilinadi. Garchi jazo muddati qisqarishi mumkin bo‘lsa-da (besh yilgacha), u buni rad etadi.

    “Tan oladigan hech narsa yo‘q va hech qanday noto‘g‘ri ish qilmaganman, nega kelishuvga rozi bo‘lishim kerak?”, — degandi o‘shanda katta Usmon.

    Bu oila uchun murakkab davrlar edi, chunki rasmiylar Muhammadning barcha bank hisoblarini muzlatib qo‘ydi. Keyin Kamaru sport faoliyatini boshlashga qaror qiladi va otasidan rozilik olish uchun qamoqqa keladi:

    “U oldimga keldi va jangchi bo‘lishni xohlayotganini aytdi. Telefonidagi mashg‘ulotlari videosini oynadan ko‘rsatdi. O‘g‘limga uning bunday ish bilan shug‘ullanishini xohlamaganimni aytdim, lekin baribir unga rozilik berdim”.

    Muhammad Usmon o‘g‘lining janglarini kameradoshlari bilan televizorda tomosha qilardi. Aynan shuning uchun Kamaru televizorda ko‘rsatilmaydigan musobaqalarda jang qilishdan bosh tortgan

    Murakkab startdan so‘ng (bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat) Usmonning karyerasi faqat yaxshi tomonga qarab rivojlandi. U 2012-yilda MMA’da debyut qildi, 2015- yilda The Ultimate Fighter realiti-shousida g‘olib chiqdi va UFC bilan shartnoma imzoladi, 2019-yilning mart oyiga kelib esa promoushen chempioni bo‘ldi. Usmon tashkilotdagi deyarli barcha janglarni pullik PPV tizimida emas, balki televizorda namoyish etiladigan musobaqalarda o‘tkazdi. U buni otasi uchun qiladi: Kamaru janglarini otasi ko‘rishini xohlagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Otasining janglarni qanday ko‘rishi haqidagi savol 2015- yilda, TUF’dagi debyutidan oldin paydo bo‘lgandi. O‘shanda Kamaru qamoqxonada oltita televizor o‘rnatilgan xonani ko‘radi va faqat televizorda ko‘rsatiladigan turnirlarda jang qilishga qaror qiladi. O‘z navbatida UFC rahbariyati ham unga yon bosadi — Kamaru chempionlik janglaridan tashqari barcha bahslarni TVda olib berilgan musobaqada o‘tkazadi.

    Kamaru qamoqxonada o‘g‘lining g‘alaba qozonishini ko‘rish otasi uchun qanchalik muhimligini yaxshi tushunardi:

    “Bunday joyda o‘zingizni osongina rad etilgan, keraksiz his qilishingiz mumkin, go‘yo sizni hech kim kutmayotgandek. U yerda hamma boks bilan shug‘ullanganini yoki qarindoshlaridan kimdir bokschi bo‘lgani haqida gapiradi. Ammo otamga yordam bera olganimdan va uning o‘g‘li kimligini hammaga ko‘rsata olganimdan faxrlanardim”, — degandi Kamaru ESPN telekanaliga bergan intervyusida.

    Usmonning gapi to‘g‘ri chiqdi — uning janglarini butun qamoqxona tomosha qilardi, otasi esa mahbuslar orasida yaxshigina mashhurlikka erishadi. Mahbuslarning hayoti Kamaruning janglari atrofida qurilardi — hamma janglarni muhokama qilar, navbatdagilariga esa taxminlar bildirardi. Hatto ma’muriyat ham ularga yon beradi: mahbuslarga shovqin ko‘tarish va kechgacha televizor ko‘rishga ruxsat beriladi.

    “Ochig‘ini aytaman, biz bu janglardan boshqa narsani kutmasdik. Bu barcha mahbuslar, oq tanlilar, qora tanlilar, meksikaliklar yig‘iladigan va ularning barchasi tomoshadan zavqlanadigan joy bo‘lgan. Hamma bir-biri bilan muloqot qila oladigan vaqt edi, o‘sha paytda biz qayerda ekanimizni, nimalarni boshdan kechirayotganimizni unutardik. Jangdan keyin ham bir necha haftalab uning tafsilotlarini muhokama qilardik. Kamaruning janglari tufayli qamoqxonadagi vaqt tezroq o‘tardi”, — deya esga olgandi Usmonning otasining kameradoshi Di Rey.

    Katta Usmon o‘g‘lining Tayron Vudli va Kolbi Kovingtonga qarshi chempionlik janglarini ko‘ra olmaydi, bu janglar faqat PPV’da ko‘rsatilgan (UFC’ning pozitsiyasiga ko‘ra). Ammo 2020-yil fevral oyida, o‘n yillik qamoqdan so‘ng Muhammad muddatidan oldin ozod qilinadi. U o‘g‘li bilan birga Masvidalga qarshi birinchi jangga bormoqchi bo‘ladi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli UFC turnirni Las-Vegasdan BAAga ko‘chirishga majbur bo‘lgandi. Muhammad o‘g‘lining jangini yana televizorda tomosha qiladi, biroq bu safar ozodlikda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Masvidal bilan revansh jangida Usmon barchani hayratda qoldirdi: u zerikarli jangchi emasligini va raqiblarini nokautga uchrata olishi mumkinligini isbotlaydi. Garchi bungacha Gilbert Byornsni nokautga uchratib, Kolbi Kovingtonning jag‘ini sindirgan bo‘lsa-da, bu safargi g‘alaba o‘zgacha edi. Ammo Kamaru uchun asosiy mukofot otasini baxtli ko‘rgani bo‘ldi: jang yakunida g‘olib nomi e’lon qilinganidan keyin Kamaru unga chempionlik kamarini taqib qo‘ydi. Muhammad esa ko‘z yoshlarini ushlab tura olmaydi, ko‘rinishidan u sayyoradagi eng baxtli otaga o‘xshardi.

    Boshqa maqolalar: 

    • Klichkolar oilasining g‘aroyib hikoyasi: bokschilarning bobosi tatarlar deportatsiyasiga rahbarlik qilgan, otasi general bo‘lgan, buvisi esa yahudiylar genotsididan omon qolgan
    • Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida
    • Oldini olish mumkin bo‘lgan fojia. Nokautchi Jerald Maklellanning hayotini barbod qilgan jang haqida

    11.05.2022, 23:50   Izoh (0)   35855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Navbahor” va “Qo‘qon-1912” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozondi, “OKMK” Navoiy jamoasini yirik hisobda yutdi

    11.05.2022, 21:35

    UEFA Chempionlar Ligasi va boshqa Yevrokuboklarning yangilangan formatini e’lon qildi

    11.05.2022, 17:01

    Rasman: “Bunyodkor” Shuhrat Maqsudovni iste’foga chiqardi

    11.05.2022, 15:50

    O‘yin vaqtida hushini yo‘qotgan “Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoning holati yuzasidan ma’lumot berildi

    11.05.2022, 13:26

    “Liverpul”ning uch futbolchisi APL joriy mavsumida 15+ gol urdi. Undan avval faqat bir jamoa bu natijani qayd etgan

    11.05.2022, 10:01

    La Liga. “Barselona” 104 daqiqa davom etgan o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi, Obameyangdan dubl, Dembeleda 2 ta assist

    11.05.2022, 02:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishqiy munosabatlarini uzoq vaqt sir tutgan yulduzlar

    Layfstayl | 11 may, 14:17

    “Qimmatbaho taqinchoqlar va kiyim-kechaklardan o‘zini cheklardi” — Qozog‘iston prezidenti onasi va eng qiyin damlari haqida gapirdi

    Dunyo | 11 may, 13:55

    UFC. Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

    Sport | 11 may, 13:43

    Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi (video)

    O‘zbekiston | 11 may, 13:25

    Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

    Dunyo | 11 may, 12:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05

    Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

    Dunyo | 11 may, 11:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.