“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane Angliya Premyer Ligasi doirasida “Aston Villa”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) gol urdi.
Bu senegallik futbolchi uchun APL joriy mavsumidagi 15-gol bo‘ldi.
Shu tariqa “Liverpul” APL bir mavsum davomida uch nafar futbolchisi 15+ gol urgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi. Muhammad Salohning hisobida 22 ta gol bo‘lsa, Diogu Jota 15 ta to‘p kiritgan.
Bundan avval “Manchester Siti” safida Serxio Aguero, Edin Jeok va Yaya Ture 2013/14-yilgi mavsumdan 15+ gol urgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)