Angliyaning “Nyukasl” klubi himoyachisi Mett Targett Janubiy Koreyaning Seul shahridagi aeroportda qolib ketdi. Championat nashrining xabar berishicha, bu vaqtda jamoa a’zolari Angliyaga qaytayotgandi.

Manbaga ko‘ra, klub Angliyaga yetib kelgach, 29 yoshli chap qanot himoyachisining yo‘qligi aniqlangan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Targett Seulda qolib ketgan. Jamoa rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, futbolchi bilan aloqa o‘rnatilgan va u xavfsiz joyda bo‘lib turibdi. U yaqin orada maxsus reys orqali jamoaga qo‘shiladi.
Mett Targett 2022-yildan buyon “Nyukasl” safida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsum u barcha musobaqalar doirasida jami 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” klubi Janubiy Koreyada mavsumoldi yig‘in o‘tkazdi. “Hakkalar” ushbu mamlakatda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi:
- Koreya K Ligasi yulduzlar jamoasiga qarshi bahsda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi;
- “Tottenhem” bilan esa 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Izoh (0)