Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariya AQSHdan suyultirilgan gazni (LNG) “Gazprom”dan ko‘ra arzonroq narxlarda yetkazib berishga kelishib oldi, deya xabar beradi respublika hukumat sayti.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Vashingtonda bosh vazir Kirill Petkov va AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris o‘rtasida gaz yetkazib berishni iyun oyidan boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bolgariyaga iyun oyidan boshlanadigan suyultirilgan gazni real yetkazib berish bo‘yicha kelishib olindi, bu “Gazprom”nikidan arzonroq narxlarda amalga oshiriladi, - deyiladi xabarda.

Aniq raqamlar hali oshkor etilmagan.

Avvalroq gaz uchun rublda to‘lashdan bosh tortgani uchun “Gazprom” Bolgariya va Polshaga energiya yetkazib berishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)