KFC cheklangan sumkalar kolleksiyasini taqdim etdi. Hajmi, shakli va ichki qatlami bitta tvister uchun mo‘ljallangan va uning haroratini bir necha soat ushlab turishga imkon beradi deb yozadi “Afisha.uz”.
Italyan terisidan qo‘lda ishlangan Wrapuette sumkasi qizil rangda. Tutqich kumush rangli KFC belgisi bilan boyitilgan. Sumkaning old tomonida logotip ham mavjud.
Wrapuette 1,98 funt sterling (2,47 dollar) turadi, bu ham tvister narxiga ishora — uning narxi ham 1,98 (2,47 dollar) funt sterling. Barcha tushum Buyuk Britaniya bo‘ylab yoshlarga yordam beruvchi notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlovchi KFC jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)