Nike yana bir bor Air Force 1 Low krossovkasini qayta kashf qildi. Bu safar krossovkalar katta atlas bantik ko‘rinishidagi detalga ega bo‘ldi, qo‘shimcha bezaklar alohida olinadi va mustaqil element sifatida ishlatilishi mumkin.
Klassik siluet rang sxemasini o‘zgartirmadi. Biroq silliq teri ko‘rinishidagi odatiy sirt g‘ijim mato bilan almashtirildi.
Shuningdek, krossovka shnurlari qizlarga xos tendentsiyani davom ettiradi —ulardan yana 4 ta bantik hosil qilingan.
Nike hali Air Force 1 Low Bow modeli uchun narx tafsilotlari yoki chiqish sanasini ma’lum qilmadi.
Mavzuga doir: Nike “oyoqlar uchun kurtka”ni sotuvga chiqardi (foto)
Izoh (0)