Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Sobiq Ittifoq davlatlari yangi tuzilgan Ittifoq davlatlariga qo‘shilishi haqida gapirib o‘tgandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda hodisalarni yoritishda xolislik va betaraflikka da’vo qiladigan ba’zi chet el nashrlari ayrim xorijiy davlatlar rahbarlarining Ittifoq davlatini kengaytirish va unga O‘zbekiston qo‘shilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda.
“Shu munosabat bilan O‘zbekistonning xorijiy hamkorlar bilan do‘stona munosabatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan bunday ig‘vogar harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor ta’kidlaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi va suverenitetini ta’minlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham o‘zi tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lida qat’iy davom etadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Izoh (0)