Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusi uch yilda elektrotexnika tarmog‘i uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassis zarur bo‘lishi ta’kidlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022-yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud. Shuning uchun Toshkent shahridagi radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat ko‘rsatish texnikumlari, Farg‘ona elektrotexnika kolleji “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilangan.
Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.
Izoh (0)