2022-yilning aprel oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning inflyatsiya darajasi 1,47 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022-yilning yanvar–aprelida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 4,4 foizni (2021-yilning shu davrida 4,1 foiz bo‘lgan), o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 1,1 foizni (2021-yilda 1 foiz) tashkil etdi.
Yillik nisbatda (2021-yilning aprel oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 10,4 foizga yetdi. 2021-yilning aprel oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,5 foizga va 2020-yilning mos davrida 1,7 foizga qimmatlashgan.
Bundan avval O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan davrida o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga doir:
- Inflyatsiya, investitsiyalar va ishlab chiqarish — O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yil qanday boshlangani ma’lum bo‘ldi
- Markaziy bank 2022-yil uchun prognozni yomonlashtirdi — narxlar oshadi, pul o‘tkazmalari kamayadi, ishlab chiqarish sekinlashadi
- O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ikki xonali son darajasiga qaytdi — Markaziy bank izoh berdi
Izoh (0)