Ijtimoiy tarmoqda Nexia avtomobili haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasidan tana qismini (oyog‘ini) chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXX ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, video yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, ushbu Nexia haydovchisi Sh.T.ga nisbatan tegishli chora ko‘rilib, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Shuningdek, videolardagi qolgan qoidabuzarliklar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)