• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Inflyatsiya, investitsiyalar va ishlab chiqarish — O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yil qanday boshlangani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki 3 oyida nafaqat keng ko‘lamli tashqi tahdidlarga bardoshlilik ko‘rsatdi, balki ijobiy o‘sish tendensiyasini ham namoyon etdi. Bu haqda “Iqtisodiy sharh” xabar berdi.

    Foto: “Iqtisodiy sharh”

    Foto: “Iqtisodiy sharh”

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) 2021-yilning birinchi choragiga nisbatan 5,8 foizga oshdi.

    Inflyatsiya

    Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflyatsiya tashqi ta’sirlar fonida biroz tezlashdi. Birinchi 3 oyda iste’mol narxlari indeksi o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 2,9 foizga oshgan.

    Narxlar o‘sishining tezlashishi oziq-ovqat mahsulotlarida – 2021 yilning ilk 3 oyiga nisbatan 4,4 foizga, shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha – 2,1 foizga ortgani qayd etildi.

    Xizmatlar narxlari, aksincha, o‘sish sur’atining 1,5 foizigacha sekinlashganini ko‘rsatdi (2021 yilning yanvar-mart oylarida xizmatlar narxlarining o‘sishi 2,7 foizni tashkil etgan edi).

    Investitsiyalar

    Joriy yilning dastlabki uch oyi yakunlari bo‘yicha asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar o‘tgan 2 yildagi pasayish va sust o‘sish fonida 26 foizga keskin oshdi.

    Markazlashtirilmagan investitsiyalar dinamikasi 34 foizga o‘sgani qayd etilmoqda. Xususan, jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) va xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalar hajmi 1,5 baravardan ziyod oshdi.

    Bevosita TTXI 1,7 baravarga o‘sdi. Korxonalar mablag‘lari hisobidan investitsiyalar bo‘yicha ham 30 foizga ikki qiymatli o‘sish kuzatilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Budjet investitsiyalari 5 foizga qisqardi. Shunday qilib, birinchi chorakda investitsiyalarning umumiy hajmidagi markazlashtirilgan investitsiyalar ulushi 2021 yilning yanvar—mart oylaridagi 12 foizdan 6,9 foizga qisqardi, markazlashtirilmagan investitsiyalar esa mos ravishda 88 foizdan 93 foizga o‘sdi.

    Birinchi uch oyda iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish hajmining o‘sishi kuzatildi.

    Sanoat ishlab chiqarishi

    Sanoat ishlab chiqarishi 5,7 foizga oshdi. 16 foizlik eng katta o‘sish elektr energiyasi, gaz ta’minoti, bug‘lash va konditsionerlash sektorida kuzatildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xizmatlar sektori

    So‘nggi 3 oy yakunlari bo‘yicha xizmatlar sektori ikki qiymatli o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. Bozor xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 16 foizga oshdi.

    Transport sektorida xizmatlar hajmi 11,6 foizga oshdi. Yuk aylanmasi 2,7 foizga, yo‘lovchilar aylanmasi 8,3 foizga o‘sdi.

    Qurilish sektori

    Qurilish sohasida 2021 yilning dastlabki uch oyi bilan solishtirganda o‘sish dinamikasi ham 3,8 foizdan 6,3 foizgacha jadallashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tashqi savdo

    Uch oylik yakunlarga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdosi hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli o‘sishi qayd etildi.

    Tashqi savdo aylanmasi 1,7 baravar oshib, 13,2 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport 2,4 baravarga oshib, 5,8 milliard dollarni, import 45%ga oshib, 7,4 milliard dollarni tashkil qildi.

    Importda asosiy o‘sish mashina va uskunalar yetkazib berishning 64 foizga (2,6 mlrd dollar), sanoat mahsulotlarining 51 foizga (1,4 mlrd dollar) o‘sishi hisobiga sodir bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importi sezilarli darajada qariyb 60 foizga (804 mln dollar), xizmatlar 46 foizga (530 mln dollar) oshdi.

    Shunday qilib jahon iqtisodiyotidagi notinchlik davom etayotganiga qaramay, 2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanishni davom ettirdi.

    Jahon tovar bozorlaridagi va yirik savdo hamkorlari iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat mamlakatda narxlar o‘sishining tezlashuvida o‘z aksini topdi va kelgusi oylarda ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

    Avvalroq O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.

    21.04.2022, 20:39   Izoh (0)   11079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilariga Moskva fizika-texnika institutining sirtqi maktablarida o‘qish imkoni berildi

    21.04.2022, 19:34

    Markaziy bank 2022-yil uchun prognozni yomonlashtirdi — narxlar oshadi, pul o‘tkazmalari kamayadi, ishlab chiqarish sekinlashadi

    21.04.2022, 19:10

    O‘zbekiston neft va gaz qazib olishni qisqartirdi, ko‘mirni ko‘paytirdi

    21.04.2022, 17:56

    O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ikki xonali son darajasiga qaytdi — Markaziy bank izoh berdi

    21.04.2022, 17:32

    O‘zbekistonliklarning dollarga bo‘lgan talabi qanday o‘zgargani ma’lum bo‘ldi

    21.04.2022, 17:08

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 foizga oshdi

    20.04.2022, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.