“Real” Ispaniya chempionatining 34-turida “Espanyol”ni yirik hisobda yutib (4:0), muddatidan avval chempion bo‘ldi.
Shu tariqa “Barselona” joriy mavsum ham sovrinsiz qoladigan bo‘ldi. Katalonlar so‘nggi uch mavsumda ikkinchi marta sovrinsiz qolmoqda. Oxirgi uch yilda “Barsa” faqat Ispaniya Kubogiga (2021-yil) ega chiqdi.
“Barselona” joriy mavsum Ispaniya Superkubogining ½ finalida “Real”ga yutqazib qo‘ydi (2:3), Ispaniya Kubogida 1/8 finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Chempionlar Ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga ravona bo‘lgan katalonlar mazkur musobaqaning chorak finalida “Ayntraxt” (1:1, 2:3) to‘sig‘idan o‘tolmadi.
Shuningdek, “Barselona” qatorasiga uch mavsumdan beri Ispaniya chempionligini qo‘lga kirita olmayapti. Bu jamoa uchun 2004-yildan keyingi eng yomon seriya hisoblanadi. 2000—2004-yillarda katalonlar Primera bosh sovrinisiz qolgandi.
So‘nggi uch mavsumda “Real” (2020, 2022) va “Atletiko” (2021) chempionga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)