“Zenit” Rossiya Premyer Ligasining navbatdagi turida Moskvaning “Lokomotiv” klubini mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval chempionga aylandi.
Shu tariqa Sankt-Peterburg jamoasi ketma-ket to‘rtinchi marta va o‘z tarixida 8-bor Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu borada “Zenit” faqat “Spartak”dan (10 ta sovrin) ortda bormoqda.
Piterliklar ustozi Sergey Semak murabbiylik faoliyatidagi 7-sovringa ega chiqdi. U futbolchilik davrida 10 ta sovrin yutgandi.
Mazkur g‘alaba orqali “Zenit” Chempionlar Ligasining 2022/23-yilgi mavsumi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)