Rossiyaning Fix Price do‘konlar tarmog‘i 2022-yilning birinchi choragida O‘zbekistondagi 12 ta do‘konini yopdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Agar 2021-yil oxirida kompaniyaning mamlakatda 42 ta do‘koni bo‘lgan bo‘lsa, 31-martga kelib ularning soni 30 tani tashkil qildi.
Bundan tashqari, kompaniya birinchi chorakda O‘zbekistonda birorta ham yangi do‘kon ochmagan. Taqqoslash uchun, Fix Price 2021-yilning birinchi choragida 10 ta yangi do‘kon ochgan edi.
Kompaniya O‘zbekistondagi do‘konlar soni qisqarganini izohlamadi, biroq “Daryo”ning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya hozirda Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq vaziyat tufayli o‘z rejalarini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq shu sabablarga ko‘ra Rossiyaning “Dobrotsen” do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etgan edi.
Izoh (0)