• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sharof Rashidov AQSH va NATOga qarshi, nomusga tekkanlik uchun o‘lim jazosi, Toshkentning “o‘lik suvi”. O‘zbek matbuoti 28-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 28-aprel, payshanba

    Har yili Mehnatkashlar kuni arafasida partiya 1-may shiorlarini e’lon qiladi (1962-yilgi shiorlar haqida bu yerda o‘qing). 1932-yilgi shiorlar orasida qiziq-qiziqlari bor. Mana, masalan: “Kapital mamlakatlarida iqtisodiy tanglik o‘smoqda, ishsizlik o‘smoqda, million-million ishchi va dehqonlar ochlik va qashshoqlikka mahkumdirlar. Sotsializm SSSR mamlakatida bo‘lsa sanoat va qishloq xo‘jaligi ko‘tarilmoqda, ishsizlik yo‘q qilingan, mehnatkashlarning moddiy darajasi o‘smoqda. Butun dunyo proletarlari va mehnatkashlari, kapitalizmni yiqitingiz, SSSR ishchi-dehqonlari yo‘lidan boringiz!”. Yoki mana bunisini ko‘ring: “Imperialistlar yangi urushlarni, SSSR ustiga hujum qilishni tayyorlamoqdalar. Butun dunyo proletarlari, o‘z imperialist burjuaziyangizga qarshi qurol yalang‘ochlangiz, butun dunyo mehnatkashlarining vatani bo‘lgan sho‘rolar mamlakatini himoya qilingiz!”. Shiorlarda xalqaro mavzuga har doim joy topilgan, mana: “Yaponiya, Ovro‘pa va Amriqa imperialistlari Xitoyni ezmoqda va uni bo‘lmoqdadirlar. Yo‘qolsin Xitoyga bostirib kiruvchilar! Yashasin Xitoy xalqining hurriyatini va istiqlolini uyushtiruvchi bo‘lgan Xitoy sho‘rolari!”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    Umuman olganda, Sovet O‘zbekistonida 1-mayga tayyorgarlik qizg‘in. Bayramning an’anasi shundayki, unga har kim sovg‘a-salom tayyorlashi kerak. “Yosh leninchi” gazetasida “1-mayga bizning tortiqlar” rukni ostida tashkilot va idoralardagi komsomollar bayramga qanday hozirlik ko‘rayotgani haqida xabarlar berilgan. Bu qisqa xabarlardan birining sarlavhasi shunday: “Bizdan bir parovoz, ikki vagon. Sizlarning tortiqlaring tayyormi?”. Xabar bayram arafasi mavjud parovoz va vagonlar ta’mirdan chiqarilayotgani haqida — bu, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘sha davr uchun eng katta sovg‘alardan biri.

    Zararkunandalarga (hasharotlar emas, shunday ta’rifga loyiq ko‘rilgan shaxslarga) qarshi kurash bayramoldi kunlari ham to‘xtamaydi. Jalaquduqdagi “Savoy” sovxozidagi ahvol ta’riflanarkan, “hattoki Kovalenko kabi boshliqlar ‘o‘zbeklar ot boqishni bilmaydi, bular 5 yil o‘qib, boqar bo‘lsinlar’, deb, o‘zbeklarni ot boqish ishiga olmasga buyruq bergan. Bunga qarshi Valiyev masala ko‘targanda, ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Yuratsevni tayinladi. Yuratsev o‘tgan yil 3-xo‘tirga mudir ekanida bir qancha paxtalarni chiritib, yerni paxtasi borligi holda haydatgan va shuningdek zararkunandachilik jinoyatlari bilan ishi sudga berilib, ikki yarim yilga hukm qilingan bir shaxsdir”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    Polsha bir necha kun avval Yaponiya bilan harbiy ittifoq tuzayotgani haqida xabar berilgandi, endi esa u Ruminiya bilan ittifoqqa kirmoqda. Xabar berishlaricha, “urush bo‘lgan taqdirda, (Polsha harbiy ishlar vaziri Yuzef) Pilsudskiy Polsha—Ruminiya birlashgan kuchlari bosh qo‘mondoni qilib tayinlanajak”; ikki davlat o‘rtasidagi bitimda “Ruminiya—Sho‘ro janjali (Pilsudskiyning Bessarabiyaga borishi shu masalalar bilan bog‘langandir)” asosiy punktlardan biri. “Pilsudskiy Ruminiya hukumati bilan birlikda Boltiq dengizidan to O‘rta dengizgacha cho‘zilgan mamlakatlar birligini tuzish planini muhokama qildi”, deb yozadi “Yosh leninchi”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi”ning 1932-yil 28-aprel soniga mansub quyidagi lavha bugungi dayjestdan faqat bosh sarlavhasi uchun tanlab olindi. Unda shunday deb yozilgan: “Andijonning unumli tajribalarini o‘rganing”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 28-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 28-aprel, shanba

    “Qizil O‘zbekiston”ning bu soni ham oltinchi chaqiriq SSSR Oliy Soveti birinchi sessiyasi tafsilotlariga bag‘ishlangan. Oliy Sovet 24-aprel kuni Prezidiumning bir necha farmonlarini, jumladan, nomusga tekkanlik uchun, poraxo‘rlik uchun va militsionerlarning hayotiga tajovuzlik qilganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlagan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    Unga ko‘ra, endi “mas’ul vazifani egallab turgan yoki ilgari poraxo‘rlik uchun sudlangan yoxud bir necha marta pora olgan mansabdor shaxs o‘z xizmat holatidan foydalanib, qilishi lozim bo‘lgan yoki qilishi mumkin bo‘lgan biror bir harakatni pora beruvchi shaxs manfaatini ko‘zlab bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun har qanday turda pora olishi”, xususan, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosi bilan jazolanadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Nomusga tekkanlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi farmonda shunday deyiladi: “Belgilab qo‘yilsinki, bir gruppa shaxslar yoki alohida xavfli retsidivist tomonidan nomusga tekkanlik yoxud nomusga tegish juda og‘ir oqibatlarga olib kelsa, shuningdek, balog‘atga yetmaganlarning nomusiga tegish — .., o‘lim jazosi bilan jazolanadi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    Militsiya xodimlari va xalq drujinachilarining hayotiga tajovuz qilishga doir farmonda ham o‘lim bilan bog‘liq jazo ko‘zda tutilgan: “Militsiya xodimi yoki xalq drujinachisi jamoat tartibini saqlab yuzasidan o‘z xizmat vazifasini yoki o‘z ijtimoiy faoliyatini bajarayotganlarida ularning hayotiga tajovuz qilish... vaziyatni og‘irlashtiradigan holatlarda — o‘lim jazosi bilan jazolanadi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning avvalgi sonlarida SSSR tashqi ishlar vaziri Andrey Gromikoning Jeneva qurolsizlanish konferensiyasi bo‘yicha SSSR Oliy Sovetidagi nutqi chop etilgandi. Bu safar mazkur nutqqa Oliy Sovet deputatlarining munosabatlari berilgan. Ular orasida O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidovning chiqishi ham bor. Uning aytishicha, “sovet kishilari, shu jumladan, O‘zbekiston mehnatkashlari Jeneva kengashining borishini zo‘r e’tibor bilan kuzatmoqdalar”. Sharof Rashidovning ta’kidlashicha, “Sovet Ittifoqi odamlar tinchlikda va osoyishtalikda yashasin deb, inson xotirjamlik bilan shaharlar qura olsin, yangi imoratlarni bunyodga keltirsin, Yer yuzini bog‘lar bilan bezasin deb, yoppasiga va batamom qurolsizlanish choralarining keng konstruktiv programmasini taklif qildi. Lekin Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATOdagi ittifoqchari Sovet Ittifoqining oqilona, olijanob takliflarini qabul qilishga hamisha to‘sqinlik qilmoqdalar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “G‘arb davlatlari bizning takliflarimizga nimalarni ro‘para qilmoqdalar?.. Qo‘shma Shtatlar qurolsizlanishni bizning eng qudratli va eng uzoqqa borib tushadigan raketalarimizni yemirib tashlashdan va SSSRning boshqa barcha raketa qo‘shinlarini Amerika kontroliga topshirib qo‘yishdan boshlashni taklif qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, Sovet Ittifoqi tevaragidagi Amerikaning yuzlab harbiy bazalariga qo‘l tegizmoqchi emaslar. AQSHning boshqa bir taklifi — SSSRning butun atom sanoatini tekshirib turish bahonasi bilan Amerika kontroliga topshirib qo‘yilsin degan taklifi ham bitimga kelishga yordam beradimi?.. Amerika plani faqat Sovet Ittifoqini qurolsizlantirishni talab qiladi. Bunday talabni qo‘yish qurolsizlanish ishini ko‘ra-bila turib barbod qilish demakdir. Vashingtonda shu maqsadni ko‘zlab, mana shunday planlarni ishlab chiqayotgan bo‘lsalar kerak. Ular munofiqlik qilib, bunday planlarga yoppasiga va batamom qurolsizlanish planlari deb nom bermoqdalar”, — deydi deputat Rashidov.

    Hayot faqat Oliy Sovet majlisi tafsilotlaridan iborat emas, albatta. U yerda qanday qonunlar qabul qilinishi va qanday muhokamalar bo‘lishidan qat’i nazar, odamlar kundalik hayot tashvishlari bilan yashashda davom etmoqda. Masalan, “Yosh leninchi” To‘raqo‘rg‘ondagi komsomol to‘yi haqida yozgan. To‘y emas, naq siyosiy tadbir, shu bahona o‘tkazilgan xalqlar do‘stligi konserti deysiz:

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 28-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 28-aprel, seshanba

    Turkiya bosh vaziri Sulaymon Demirel va nihoyat O‘zbekistonga keldi. Gazetalar bu voqeani katta shiorlar bilan qayd etgan. Masalan, “Xalq so‘zi” tashrifga doir materiallarni “Nafaqat tuynuklar, darvozalar ochildi” degan umumiy sarlavha ostida bergan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” va “Toshkent oqshomi”ning “shapkalari” esa bu safar bir xil ko‘rinish olgan — unda turk va o‘zbek tillarida “O‘zbek eli turkiyalik oliy martabali mehmonni qutlaydi” deb yozilgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Nafaqat “shapkalar”, balki suratlar ham bir xil:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Bir xillik shu darajadaki, uchala markaziy gazeta materiallarni bir manba — O‘zAdan bir xilda ko‘chirib bosgan. Agentlik aeroportdagi kutib olish marosimi tafsilotlari haqida yozarkan, prezident Islom Karimovdan, jumladan, quyidagicha iqtibos keltiradi: “Biz Turkiya misolida o‘z kelajagimizni ko‘rib turibmiz. Chunki Turkiya ham biz bugun bosib o‘tayotgan yo‘llarni boshidan o‘tkazganligi shunday fikrga kelishimizga asos bo‘ldi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Tashrif kuni Toshkent hokimi Adhambek Fozilbekov “O‘zbekiston va Turkiyaning o‘zaro hamdo‘stligini yanada rivojlantirish,.. maqsadida, shuningdek, ikki qondosh el — o‘zbek va turk xalqlari do‘stligini bundan buyon ham mustahkamlash yuzasidan bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqib”, poytaxtning Kirov ko‘chasiga Mustafo Kamol Otaturk nomini berish haqida qaror qabul qilgan (ko‘cha nomi 2011-yili Zarafshonga o‘zgardi; bir muddat avval Otaturk nomi Toshkentga yana qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Gazetalarda Demirelning tashrifidan boshqa qiziqarli xabarlar va maqolalar ham ko‘p. “Xalq so‘zi”ning yozishicha, “siyosiy mahbuslarni o‘z vaqtida, haqqoniy sud qilinishini nazorat qilish, nohaq qamalganlarni ozodlikka chiqarish, irqi, dini, tili-yu dunyoqarashi uchun tazyiqqa olinganlarga yordamlashishdek olijanob vazifalar”ni bajaruvchi Amnesty International a’zolari O‘zbekistonga kelgan. “O‘zbekistonga taklif qilinganimiz, Oliy Kengashda tayyorlanayotgan hujjatlarning xalqaro standartlarga mos tushishiga ko‘maklashayotganimizdan behad mamnunmiz”, — degan tashkilotning O‘rta Osiyo bo‘yicha maxsus mutaxassisi Yan Gorvin (keyingi yillarda ushbu tashkilot bilan hamkorlik susaydi, O‘zbekistonga 2004-yilgi tashrif uning a’zolari uchun 2018-yilga qadar so‘nggisi bo‘lib turdi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Amnesty International vakillari shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan yagona chet elliklar emas, albatta. AQSHning Oachita universiteti professori Bill Aldon Dikson va universitet Biznes maktabi professori Yan Kosh Toshkent iqtisodiyot universitetida mehmon bo‘lib turibdi. Ular “Toshkent oqshomi”ga bergan intervyusida “erkin iqtisodiy bozorda birinchi navbatda erkin harakat qilish kerak”ligini, “ishbilarmonlarga erkinlik berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash darkor”ligini ta’kidlagan. Muxbirning: “O‘zbekiston Turkiya iqtisodiy andozasiga tayanib, ular bilan hamkorlik qilmoqda. Sizningcha, O‘zbekiston qaysi yo‘ldan borsa, biz kutgan natijalarga erishish mumkin?”, degan savoliga, Yan Kosh shunday javob qaytargan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Respublika mustaqillik sari shunday yo‘lni tutishi kerakki, u ko‘proq xalqqa ozodlik bersin-u, kamroq buyruqbozlik bo‘lsin. Mana shu yo‘l haqiqiy samarani beradi. Menimcha, birorta chet mamlakatning iqtisodiy andozasini to‘liq o‘zlashtirib olish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xorijiy mamlakatlardagi iqtisodiy yo‘l-yo‘riqlardan respublika o‘zi uchun kerakli bo‘lgan, mahalliy xalq uchun to‘g‘ri keladigan jihatlarni tanlab olgani foydaliroqdir... Qayerda raqobat, bahs-munozara bo‘lsa, fikrlar xilma-xilligi inobatga olinsa, o‘sha yerda iqtisodiyot va umuman boshqa sohalar ham rivojlanib boradi”.

    Gazetalarda Mingbuloq mavzusida materiallar yana ko‘payib qolgan. “Xalq so‘zi”da neft konini jilovlash uchun preventorlarni olib kelgan amerikaliklarning suratlari bosilgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Sirdaryo viloyati esa toshqinlar ichida qolgan: “26-aprel kuni Sirdaryo viloyatining qator rayonlari xo‘jaliklariga kuchli sel yog‘di. Natijada viloyatning Xovos, Boyovut, Guliston, Mehnatobod rayonlaridagi ko‘pgina xo‘jaliklarning minglab gektar ekinzorlari payhon qilindi va ko‘pgina ekinzorlar jala suvlari ostida qoldi. Xovos rayonida ko‘priklar, yo‘llar, g‘allazorlarni sel olib ketdi... Hozirgi kunlarda tezlik bilan tabiiy ofat keltirgan zararni tugatish choralari ko‘rilmoqda”, — deb yozadi “O‘zbekiston ovozi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Sergelida yangi uylar, yangi mavzelarni foydalanishga topshirish ishlari davom etmoqda:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Yangi mavzelar bilan birga Sergelida aholi soni ham o‘smoqda. Aholi soni ko‘paygach, bu aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmati hajmi ham oshirilishi kerak. Aftidan, 1992-yili Sergelida foydalanishga topshirilayotgan uy-joy va u yerga ko‘chib borayotgan aholi soni tumanga qatnaydigan jamoat transporti sonidan tezroq o‘sgan. Shu bois o‘sib borayotgan talabni o‘z vaqtida qondirishda muammolar yuzaga kelgan. Masalan, sergeliliklar Sergeli-7 mavzesidan Oloy bozoriga qatnovchi 38-tezyurar avtobus yo‘nalishining qoniqarsiz faoliyatidan norozilik bildirgan. “Toshkent oqshomi”ning 28-aprel sonida bu noroziliklarga rasmiylarning javobi berilgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Haqiqatan ham Sergeli-7 va Oloy bozori oralig‘ida qatnovchi 38-tezyurar avtobus yo‘nalishi shu yilning yanvar—fevral oylarida yomon ishlagan. Bu muddat davomida yo‘nalishga rejadagi 865 ta o‘rniga 746 ta avtobus chiqarilgan. Buning asosiy sababi avtokorxonamiz umuman yangi avtobuslarni olmay qo‘yganligidadir. Ustiga ustak, ehtiyot qismlar tanqisligi, yonilg‘i bilan ta’minlashdagi uzilishlar ham ishimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deydi mas’ul. Uning qo‘shimcha qilishicha, 38-avtobusga qo‘shimcha 5 ta yangi avtobus ajratilgan, shuningdek, 1992-yil 8-martdan e’tiboran Sergelini “Chilonzor” metrosi bilan bog‘lovchi 8-avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilingan.

    Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Shoira Ibrohimovaning “Zor qoqshagan anhorlar” maqolasida Toshkent kanallarining achinarli ahvoli bayon qilinadi. “Toshkent traktor zavodi hududidan oqib o‘tadigan ‘Charog‘on’ deb nomlangan zovurda zaharlanish darajasi 40 foizga yetdi! ‘Chkalov’ metro bekatidagi yer osti suvlarini Qorasuvga tashlanishi oqibati ham yomon bo‘lmoqda. TAPOiChning ‘marhamati’ bilan bu yerda zaharlanish me’yori 300—1300 foizga ortib ketgan! Bu hayot uchun borib turgan ziyonning o‘zi!.. XI asrda arab tarixchilari Salor suvining pokizaligi, shaffofligidan hayratga tushgan bo‘lsalar, bugun kanal suvlarida loaqal birortagina suv jonivori yo‘qligi bizni hayratga solmoqda. Shahar bo‘ylab ‘o‘lik suv’ oqyapti axir!”, — deb yozadi u “Toshkent oqshomi”ga.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Yashirmaslik va ochiq tan olish kerakki, xalqimizning bilim darajasi ancha past. Maktablarni bitirgan yoshlarning bilimi hozirgi zamon talabiga javob bermaydi. Shuning uchun ham ular hali biror sohada shakllanib ulgurmasdanoq, o‘zlarini savdo-sotiq, chayqovchilik va boshqa ishlarga uradi. Bunday yoshlarning yagona fikri-xayoli qanday yo‘l bilan bo‘lmasin oson pul topish, boyish. Bularda na imon, na vijdon, na insof va na odamiylik bor. Bu ham yetmaganidek, xalqimiz hali chalasavodlik balosidan qutulgani yo‘q. Birdan-bir zikru xayoli yemay-ichmay, bolalarining to‘yini ko‘rish, sandiqqa mol yig‘ish. Hatto buning uchun ‘sho‘rlik’ bolalarning rizqidan siqib, mazali, aqlni peshlaydigan vitaminli taomlardan ham mahrum qilamiz. Bir qarabsizki, shuv etib umr o‘tib ketadi”, — bular professor Otaqo‘zi Azizovning 1992-yil “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan fikrlaridan bir parcha; 30 yil avvalgi mulohazalar ekaniga ishonging kelmaydi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Xorijda nima gap? Kobulda shaharni egallash uchun yo otishma bo‘lyapti, yo nizolashuvchi tomonlar allaqachon sulhga erishgan — xabarlar biri biridan ziddiyatli. Rossiyada “Jiguli”ning narxi keskin oshgan, Janubiy Koreya esa qiyin ahvolda qolgan rus olimlari va mutaxassislarini og‘dirib olishda davom etyapti.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 28-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Amudaryoda toshqin, uy olish uchun navbatda turgan 70 ming toshkentlik, Kobulni jangsiz egallagan Ahmad Shoh Mas’ud. O‘zbek matbuoti 27-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Qurolsizlanish konferensiyasidagi “raketa-payrov”, “ko‘klam ishlari bahona maktablar yopilmasin”, Toshkentga Andijondagi kabi parklar kerak! O‘zbek matbuoti 26-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • SSSR rahbariyati tarkibidan o‘rin olgan chinozlik Tursunoy, monopoliyachilarni tanqid qilgan Islom Karimov, najot — terakda! O‘zbek matbuoti 25-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    28.04.2022, 07:30   Izoh (0)   70965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.