O‘zbekistonda hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi.
2022-yilning yanvar—mart oylarida aholi daromadlarining real o‘sishi 3,3 foizni tashkil qildi.
O‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 2,3 foizga pastroq bo‘ldi. 2021-yilning birinchi choragida aholi jon boshiga daromadlarning real o‘sishi 105,6 foiz bo‘lgan edi.
Yilning birinchi choragida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy viloyatida qayd etildi — 10,2 foiz.
Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 9,4 foiz bo‘ldi. Toshkentda aholi daromadlari yil boshidan beri 6,5 foizga o‘sgan.
Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yil boshidan beri aholi jin boshiga real daromadlar kamaydi. Qoraqalpog‘istonda bu daromadlar 0,3 foizga kamaygan bo‘lsa, Surxondaryo hamda Buxoroda mos ravishda 0,4 va 0,6 foizga pastladi.
Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Toshkent (73,6 foiz) viloyatida kuzatildi.
Bu turdagi daromadlarga yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan mablag‘lar kiradi.
Avvalroq O‘zbekistonda 5 mln so‘mdan ko‘p rasmiy oylik oladiganlar soni ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)