Daryo

O‘zbekistonda 5 million so‘mdan ko‘p rasmiy oylik oladiganlar soni ma’lum bo‘ldi

Oyliklar kesimida o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan “oq” oylik oladi — 1 616 800 odam

1 daqiqa o‘qish106 927 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Moliya vazirligi O‘zbekistonda “oq” oyliklar (rasmiy ish haqi) miqdori bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2021-yilda 4 685 900 nafar fuqaro o‘z oyligidan soliq to‘lagan. Ulardan 42,6 foizi – budjet, 57,4 foizi esa nobudjet tashkilotlar xodimlaridir.

Oyliklar kesimida o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi 1 million so‘mgacha bo‘lgan “oq” oylik oladi — 1 616 800 odam.

Ikkinchi o‘rinda 2 milliondan 4 milliongacha oylik oladiganlar — 1 157 400 nafar odam.  1 130 100 nafar kishi 1 milliondan 2 milliongacha ish haqi oladi. 

5 million va undan ko‘proq ish haqi esa 513 200 nafar xodimga beriladi. 268 400 ta xodim 4 milliondan 5 milliongacha maosh olishi qayd etildi.

Jadval: “Daryo” / Moliya vazirligi

O‘sish bormi yoki yo‘q? 

2021-yilda jismoniy shaxslar daromadidan kelib tushadigan soliqlar 18,9 trln so‘mni tashkil qilgan, o‘sish ko‘rsatkichi 3,8 trln so‘mni tashkil qiladi. 

2020-yilning noyabr oyida ish haqidan soliq to‘laydiganlar soni 4 422 900 nafar bo‘lganini hisobga olsa, o‘sish 456 900 kishini tashkil qildi.

O‘sishning asosiy sabablari:

  • iqtisodiy faollikning tiklanishi; 
  • budjet sektorida eng kam ish haqi miqdorining o‘rtacha 12,8 foizga oshishi; 
  • 2020-yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan budjet tashkilotlarida moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarining 2021-yil boshidan qisman tiklanishi;
  • xususiy sektorda ishlovchilar soni va mehnatga haq to‘lash fondining legallashtirilishi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar