Buxoro shahridagi “Zarafshon” mahallasida obodonlashtirish bo‘limi xodimlarni itlarni zaharlagani aytilmoqda. Bu haqda “Mehr va oqibat” tashkiloti xabar qildi.
Qayd etilishicha, mahalla aholisi hayvonlar zaharlangani yuzasidan tashkilotga murojaat qilgan. Unda aytilishicha, xodimlar hududda itlar ko‘payib ketgani haqidagi shikoyatga javoban kelgan. Ular o‘zi bilan dorilar to‘ldirilgan kolbasa olib kelgan. Mahalla raislari xodimlarni itlarni zaharlamaslik, bu uchun qonuniy jazo borligi haqida ogohlantirgan.
Xodimlar go‘yoki ketgandek bo‘lib, zaharlangan kolbasani itlarga berib yuborgan. Oqibatda hayvonlar nobud bo‘lgan. Aholi hodisani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Holat yuzasidan “Mehr va oqibat” jamiyati Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilib, itlarni zaharlagan aybdorlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Avvalroq Navoiyda noma’lum erkak bolalar ko‘z o‘ngida itni otib tashlagani, Andijonda tahqirlangan bo‘ri xaski zotli it bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Toshkentda it va mushuklarni miltiqda otib yurgan erkak ushlandi
- Andijonda itlarni so‘yib, iste’mol qilish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
- Farg‘ona viloyatida itlar ommaviy o‘ldirilgani aytilmoqda. Chiqindixonada o‘nlab hayvonlar otib tashlangan
- Toshkentda qo‘shnisining ikkita xaski zotli itini o‘ldirgan erkakka 1,35 mln so‘m jarima belgilandi
Izoh (0)