Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”;
- Andijon viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
- 2022-yilda Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;
- Andijon viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22-apreldan kuchga kirgan.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlangandi.
Izoh (0)