O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Komilov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Abdulaziz Komilov davolanish uchun xorijga jo‘nab ketganini ma’lum qilgandi. Xabarda vazir bungacha 10 kun davomida Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-son Markaziy klinik shifoxonasida tibbiy muolajalar olgani aytilgan.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov 2012-yildan beri O‘zbekiston tashki ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Vladimir Norov esa 2019–2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan.
Izoh (0)