O‘zbekistonda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo‘lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar ko‘pligi ta’kidlandi.
Masalan, Boysundagi dunyoda eng chuqur g‘orlardan hisoblangan Boybuloq (Osiyoda eng chuqur, 1 ming 415 metr), yonidagi Vishnevskiy (715 metr), neandertal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qal’asi butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Bu yerda mehmonxona, kemping, tog‘ sporti, dor yo‘li, turistlar uylari kabi obyektlarni tashkil etish orqali 500 ming sayyohni bemalol jalb qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Bunday imkoniyatlar Bo‘stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo‘rg‘ondagi Nanay, Popdagi Chodak hududlarida ham mavjud.
Chorvoq va To‘dako‘ldan boshqa birorta hududda cho‘milish joylari yo‘qligi qayd etildi. Bu borada Nukusdagi Ashshiko‘l, Buxorodagi Zikriko‘l, Jizzaxdagi Aydarko‘l va Tuzkon ko‘lining imkoniyatlari ishga solinmay turibdi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistondagi har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyiha boshlanadi
- Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining turizm ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgiladi
- O‘zbekistonda 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning atigi 18 tasidan foydalanilayotgani ma’lum qilindi
Izoh (0)