Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turizm vaziri, uning yangi tayinlangan o‘rinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm bo‘yicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri – turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash ekani ta’kidlandi.

Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur.

Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan “Afsonalar vodiysi”, Bo‘stonliqda “Amirsoy majmuasi”da ham bolalar uchun, ham kattalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar kelmoqda.

Bunday yirik loyihalarni qo‘shni davlatlar uchun qulay bo‘lgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi