Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda turistik xizmatlar ko‘lami haqida gap bordi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Mo‘ynoq, Nukus, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Rishton kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Lekin Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hali bor imkoniyatlardan foydalanayotgani yo‘q.

Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan boshqa hududlarda yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam.

“Oilaviy” va “barchasi ichida” xizmatlarini joriy qilish ishlari sust. Cho‘milish havzasi 1,2 mingdan ziyod mehmonxonaning faqat 30 foizida bor.

Hududlardagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning bugungi kunda 18 tasidan foydalanilmoqda.

Misol uchun, Qamchiq dovonida (Ohangaron tumani) 2,5–3 ming metr balandlikda joylashgan Arashan ko‘llar tizimidagi suv harorati qishin–yozin 36 daraja issiqlikda bo‘lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi.

Yoki Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pirda ham yer ostidan 40–70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar hududida sanatoriy-kurortlar tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, tegishli hududlar hokimlari tashabbus ko‘rsatmayotgani tanqid qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi