Og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 22 KO) Dillian Uaytga (28-2, 19 KO) qarshi jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu jangdan so‘ng faoliyatimni yakunlaymanmi? Ha. Biz Uayt bilan birga haqiqiy shou taqdim etamiz. Juda yaxshi jang o‘tkazishni xohlayman. Shundan so‘ng men ketaman.Tayson Fyuri va Dillian Uayt o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 23-apreldan 24-aprelga o‘tar kechasi Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.G‘alaba qozonaman, muxlislar emas, o‘zim xohlaganim uchun ketaman. 20 yildan buyon boks bilan shug‘ullanaman. Mashhurlar kabi hayot kechirishni xohlamayman demayman, lekin kino yulduzi bo‘lishni ham istamayman. Shunchaki yolg‘iz qolishni va barcha ijtimoiy tarmoqlarni o‘chirishni xohlayapman.
Faqatgina bitta jang o‘tkazish uchun shu yerdaman. Shundan so‘ng ketaman va abadiy xayrlashaman.
Tayson Fyuri, bokschi
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri bundan avvalgi jangini 2021-yil oktabr oyida amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazib, 11-raundda raqibini nokautga uchratgan edi. Dillian Uayt esa so‘nggi jangini 2021-yil mart oyida Aleksandr Povetkinga qarshi o‘tkazgan va 4-raundda rossiyalik raqibini dahshatli nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)