Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 20-aprel kuni BMW ag‘darilib ketdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 07:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Niyozbek ko‘chasidagi International House Tashkent akademik litseyi qarshisida sodir bo‘lgan. K.J. ismli haydovchi (1994-yilda tug‘ilgan) BMW avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida tezlikni oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi va salon ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov