Daryo

Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi

Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan

1 daqiqa o‘qish23 110 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi hududida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi, deb xabar beradi viloyat FVB axborot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 18-aprel kuni soat taxminan 07:35 da Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi hududidan o‘tgan A-373 yo‘lining 4-kilometrida fuqaro O.S boshqaruvida bo‘lgan oq rangli Cobalt mashinasi va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Oqibatda yengil mashinada yong‘in chiqqan.

Yong‘indan Cobalt’ning old kapot va salon qismi yonib zararlangan. Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va tez fursatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan.

Foto: Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati

Hozirda FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda bir-biri bilan to‘qnashgan Nexia’lardan biri yonib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va yana uch kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar