Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari 20-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha -97 kg vazn toifasida harakat qilgan Tokio—2020 ishtirokchisi Rustam Assakalov finalga qadar yetib bordi va unda eronlik Mehdi Balihamzega imkoniyatni boy berdi.
-82 kg vazn toifasi vakili Muhammadqodir Rasulov bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Yuya Okajimani mag‘lub etdi.
Feruz To‘xtayev (-60 kg) dastlabki bosqichlardayoq o‘z ishtirokini yakunlagan bo‘lsa, Mahmud Baxshullayev (-67 kg) va Mirzobek Rahmatov (-72 kg) bronza medali uchun kurashda mag‘lubiyatga uchradi.
Shu tariqa yunon-rum bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ikkita kumush va uchta bronza medallarini jamg‘ardi. 19-aprel kungi bahslarda uchta medal qo‘lga kiritilgandi.
Izoh (0)