“Milan” Italiya chempionatining 33-turida “Jenoa” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Stefano Pioli shogirdlari A Seriyada ketma-ket 6 o‘yindan buyon gol o‘tkazmay kelmoqda. “Rossonerilar” so‘nggi 6 o‘yinida 4 ta g‘alaba va 2 ta durang natija qayd etdi.
Barcha o‘yinlarda Mayk Menyan darvozani qo‘riqlagan.
Shu tariqa milanliklarning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 taga yetdi: 6 ta g‘alaba va 5 ta durang.
“Milan” A Seriyada 33 turdan so‘ng 71 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 69 ochko bilan “Inter” joylashgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)