• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Afsonaviy bokschi Arturo Gattini xotirlab: “Chaqmoq” faoliyatidagi asosiy 5 jang

    XX asr oxiri va XXI asr boshlarining eng yorqin bokschilaridan biri bo‘lgan Arturo Gatti 15-aprel sanasida tug‘ilgan. Asli kelib chiqishi italyan bo‘lgan kanadalik agar hayot bo‘lganida 2022-yilda 50 yoshni qarshi olardi. Ammo bokschi bundan 13 yil avval, 2009-yilda jumboqli tarzda vafot etgan. Ikki vazn toifasida jahon chempioni faoliyati davomida juda ko‘plab janglar o‘tkazgan, shulardan to‘rttasi esa o‘z vaqtida “yil jangi” deb topilgan. “Chaqmoq” (Gattining laqabi shunday) tavallud topgan sana munosabati bilan quyida ana shu va boshqa janglar haqida so‘z yuritiladi.

    Arturo Gatti — Gabriel Ruelas

    • Jang sanasi: 1997-yil 4-oktabr;
    • Jang maqomi: Gatti ikkinchi yengil vazn toifasida (59 kg gacha) uchinchi marta IBF kamarini himoya qiladi;
    • Bokschilarning jang vaqtidagi rekordlari: Gattti —28 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, Ruelas — 44 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat;
    • Jang natijasi: Gatti beshinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonadi;
    • Mukofotlar: Ring jurnaliga ko‘ra, yilning eng yaxshi jangi va eng yaxshi nokauti deb topiladi.

    1997-yilning 4-oktabrida ikkinchi yarim yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi Arturo Gatti va meksikalik Gabriel Ruelas o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Birinchi raunddan boshlab kurash qizg‘in tus oladi. Ruelas toza jang qilmaydi va beldan pastga zarba bergani uchun ikki marta ogohlantiriladi. To‘rtinchi raundga kelib, bokschilar kuchli zarbalar bilan almashadi. Ruelas overhendni o‘tkazib yuborsa ham, kuchli apperkot bilan javob qaytarishning uddasidan chiqadi.

    Beshinchi raundda zarbalarning deyarli yarmi apperkotlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bokschilar tom ma’noda bir-biri bilan peshona urishtiradi, zarbalar almashinuvi davom etadi. Boshida Ruelas aniqroq harakat qilgan bo‘lsa, keyinroq Gatti meksikalikning jigariga bir necha bor musht tushirib, vaziyatni o‘zgartirdi. Shu tariqa Ruelas o‘ng qo‘lini pastga tushirishga majbur bo‘ladi, Arturo esa bundan foydalanib qolib, raqibining tumshug‘iga zarbalar kombinatsiyasini yo‘llaydi, bu esa o‘z navbatida nokautga olib keladi.

    Arturo Gatti – Treysi Patterson

    • Jang sanasi: 1995-yil 15-dekabr;
    • Jang maqomi: Patterson ikkinchi yarim yengil vazn toifasida (59 kg) 1-marta IBF chempionlik kamarini himoya qiladi
    • Bokschilarning jang vaqtidagi rekordlari: Gatti — 23 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, Patterson — 53 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat.
    • Jang natijasi: Gatti hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonadi.

    Bu Arturo Gatti uchun faoliyatidagi birinchi chempionlik jangi bo‘ladi. U Floyd Pattersonning asrab olingan o‘g‘li Treysi Pattersonga qarshi ringga ko‘tariladi.

    Jang kanadalik bokschi uchun nihoyatda og‘ir kechadi. U uzoq masofadan harakat qilishga urinadi, Patterson esa zarbalar uchun qulay vaziyat poylaydi. Ikkinchi raundda da’vogar chempionni qulatadi, ammo Patterson o‘rnidan turadi, jang oxirigacha tashabbus qo‘ldan qo‘lga o‘tib turadi.

    12 raundlik jang yakunida hakamlar ustunlikni Patterson emas, balki faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘lgan Gattining foydasiga beradi.

    Arturo Gatti — Mikki Uord (2-jang)

    • Jang sanasi: 2002-yil 23-noyabr;
    • Jang maqomi: reyting jangi;
    • Bokschilarning jang vaqtidagi rekordlari: Gatti — 34 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat, Uord — 38 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat;
    • Jang natijasi: Gatti hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonadi.

    Birinchi jangdagi bahsli natijadan (Mikki ochkolar evaziga g‘alaba qozonadi) so‘ng, bokschilar o‘sha yilning o‘zidayoq revansh o‘tkazishga kelishib oladi. Bellashuv Ring jurnali talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi jangi va raundi (to‘qqizinchi) uchun mukofotlarni olgan birinchi to‘qnashuvga nisbatan oddiyroq tus oladi.

    Arturo butun jang davomida ustalik bilan harakat qilib, Uordni o‘ziga yaqinlashtirmaydi va deyarli barcha raundlarni o‘z foydasiga hal qiladi. Uchinchi raundda kanadalik Uordni yiqitib, uning quloq pardasiga zarar yetkazishga ham muvaffaq bo‘ladi.

    O‘z navbatida Gatti ham jarohatlarsiz qolmaydi, bellashuvning ikkinchi yarmida qo‘lini jarohatlab oladi.

    Arturo Gatti — Mikki Uord (3-jang)

    • Jang sanasi: 2003-yil 7-iyul;
    • Jang maqomi: reyting jangi;
    • Bokschilarning jang vaqtidagi rekordlari: Gatti — 35 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat, Uord — 38 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat;
    • Jang natijasi: Gatti hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonadi;
    • Mukofotlar: Ring jurnaliga ko‘ra yilning eng yaxshi jangi.

    Ushbu jangdan oldin Gatti oliyjanoblik ko‘rsatadi. U o‘z vakillariga Uord xohlagan gonorarga rozi bo‘lishini aytadi. Arturo qo‘lqoplarini mixga ilmoqchi bo‘lgan Mikki bilan do‘stligini juda qadrlardi. Natijada Uord faoliyatidagi eng katta gonorarga ega chiqdi — uch million dollar.

    To‘qnashuvning o‘zi ikkinchisiga juda o‘xshash tarzda rivoj oldi. Ammo bu safar Gatti uchinchi raundga kelib, o‘ng qo‘lini sindirib oldi, to‘rtinchi raunddan to jang oxirigacha faqat chap qo‘li bilan boks tushadi. Uord hatto oltinchi raundda raqibini nokdaunga tushirishga ham muvaffaq bo‘lgandi, ammo bu g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘lmaydi.

    Toza jeblar va o‘z vaqtida yo‘llangan yon taraflama zarbalar Gattining ushbu jangda ham, trilogiyada ham g‘alaba qozonishiga zamin yaratadi.

    Arturo Gatti — Tomas Damgaard

    • Jang sanasi: 2006-yil 28-yanvar;
    • Jang maqomi: ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida (66,7 kg gacha) vakant qolgan IBF chempionlik kamari uchun
    • Bokschilarning jang vaqtidagi rekordlari: Gatti — 39 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat, Damgaard — 37 g‘alaba, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan;
    • Jang natijasi: Gatti 11-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonadi.

    Agar quyida so‘z boradigan uch jihat haqida gap bormasa, Gattining bu g‘alabasi ham avvalgilaridan unchalik farq qilmaydi.

    Bu Arturoning sport faoliyatidagi so‘nggi g‘alabasi bo‘lib, u bir yil o‘tib, ikki og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng ring bilan xayrlashadi.

    Unga daniyalik yengilmas Tomas Damgaard raqiblik qiladi, u jangga 37 ta g‘alaba bilan kelgan edi.

    Bu Gattining ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Arturo uchun g‘ayrioddiy vazn toifasiga birinchi yurish 2001-yilda Oskar de la Hoyadan beshinchi raunddagi og‘ir mag‘lubiyat bilan yakunlangandi.

    Albatta, Damgaard bu vazn toifasi yetakchilari uchun unchalik jiddiy raqib emasdi, hatto kaltaklangan va charchagan Gatti ham tezlik va texnika bo‘yicha raqibiga nisbatan katta ustunlikka ega bo‘lgan. Biroq daniyalik xarakter ko‘rsatib, raqibiga yaxshi qarshilik ko‘rsatdi va unga bir nechta munosib zarbalar ham berdi.

    Ammo aynan Gattining zarbalari jang natijasini hal qilib berdi. 11-raundga kirishdan oldin daniyalikning yuzida, “onajon, meni bu yerdan olib keting”, degan jumlalarni o‘qish qiyinchilik tug‘dirmasdi. Va haqiqatan ham uni olib ketishsa yomon bo‘lmasdi. Toliqqan bokschi raund boshida hakamning buyruqlariga e’tibor bermay, qoidani ham buzdi. Raundning ikkinchi yarmida esa Gatti uni o‘ng tomondan kuchli zarbalar bilan shunchalik “siyladiki”, so‘nggi soniyalarda Damgaard bo‘ron vaqtida kemadagi dengizchidek ring atrofida gandiraklab yurardi, natijada esa hakam to‘qnashuvni to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

    Mavzuga doir: “Ishonchim komil, uni o‘ldirishgan”. Afsonaviy bokschi Arturo Gattining jumboqli o‘limi haqida

    15.04.2022, 23:51   Izoh (0)   29967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Temmi Abraham “Roma”da Totti va Jekoning natijasini takrorladi

    15.04.2022, 22:02

    O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” o‘zida “Surxon”ni yenga olmadi, “Qo‘qon-1912” Farg‘ona derbisida yirik g‘alabaga erishdi

    15.04.2022, 20:23

    Muhammad Saloh o‘zi qarshi o‘ynagan eng kuchli darvozabonlarni sanab o‘tdi

    15.04.2022, 19:08

    APL jamoasida 9 yildan beri ishlab kelayotgan murabbiy iste’foga chiqarildi

    15.04.2022, 18:09

    “Roma” — Yevrokuboklarda kurashni davom ettirayotgan yagona italyan klubi

    15.04.2022, 17:32

    “Barselona” yetakchisi Pedri jiddiy jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi

    15.04.2022, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi “eng keskin” sanksiyalar paketini kelishib oldi

    Dunyo | 18 iyul, 15:15

    Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 15:01

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    Harrison Ford o‘z faoliyatida birinchi marta “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi

    Layfstayl | 18 iyul, 14:55

    “Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdog‘on

    Dunyo | 18 iyul, 14:50

    “Siti” imperiyasi kengaymoqda: Fayzullayevning “SSKA”dan “Bashakshehir”ga o‘tishi ortida nimalar bor?

    Sport | 18 iyul, 14:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.