“Birinchi rezinotexnika zavodi” eksklyuziv huquqlardan mahrum etiladi. Bu prezident farmoni bilan belgilangan.
2019-yilda zavod avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalarini yagona yetkazib beruvchiga aylangan edi. Bundan tashqari, hozir davlat buyurtmachilari korxona mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishlari mumkin.
Prezident farmoniga ko‘ra, ushbu eksklyuziv huquqlar 2022-yil iyuligacha bekor qilinishi kerak. Mas’ullar – Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi va “O‘zkimyosanoat”.
2021-yilda “Birinchi rezinotexnika zavodi” ish bo‘yicha tergov ishlari boshlangan haqida xabar qilingan edi. Hisob palatasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Eksimbankidan jalb qilingan 156,4 million dollar hisobiga barpo etilgan zavod atigi 15 foiz quvvatda ishlagan.
Izoh (0)