• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    O‘zbekiston umumiy ovqatlanish sohasi takomillashtirilishga muhtoj — Adliya vazirligi

    Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarning umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyati tahlil qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘rganish davomida davlat idoralarining statistik va boshqa ma’lumotlari hamda 2,1 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari tahlil qilindi. Tahlil natijasida sohaga oid bir qator muammolar aniqlandi.

    Birinchidan, sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va qoidalar eskirgan, biznes yuritish amaliyotiga mos kelmaydi.

    Masalan, restoran tozalash, ta’mirlash va shu kabilar ishlar uchun yopilishidan bir hafta oldin bu haqda e’lonni osib qo‘yishi kerak. Buni bajarmasa 2 mln so‘m jarimaga tortiladi.

    Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatiga oid sanitariya norma va qoidalari (SanPiN 0309-14-son) ham zamon talablariga mos kelmaydi, buning natijasida qoidalarning 20 tasiga rioya etish imkonsiz bo‘lib qolgan.

    Jumladan, taomlarni ko‘mir, o‘tin, qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan plitalarda pishirish mumkin emas (qish mavsumlarida gaz ta’minoti cheklanganda mazkur talabga rioya qilib bo‘lmaydi).

    Yana bir misol, taxminan, 12 turdagi mahsulotlar uchun alohida-alohida pichoqlar mavjud bo‘lishi lozim (amalda aksariyat umumiy ovqatlanish korxonalarida har bir mahsulot uchun alohida pichoq ishlatilmaydi).

    Ikkinchidan, soliq yuki va murakkab soliq ma’muriyatchiligi. Umumiy ovqatlanish korxonalari 7-9 turdagi soliqlarni to‘laydi.

    Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq (tovar aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha), qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq, daromad solig‘i (soliq agenti sifatida), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun undiriladigan yig‘im (alkogolli ichimliklar sotilsa).

    Soliq yukining yuqoriligi umumiy ovqatlanish korxonalarining 61 foizini soliqdan qochishga undamoqda.

    Shuningdek, ko‘p soliqlar to‘lash o‘z-o‘zidan ular bilan bog‘liq soliq ma’muriyatchiligini ham murakkablashtirmoqda: korxona 6 xil vaqtda soliqlarni to‘lashi va 5 xil vaqtda soliq hisobotlarini taqdim etishi lozim.

    Shu sababli umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini boshlashda respondentlarning deyarli 1/3 qismi soliq qonunchiligini tushunib olishda qiynalishgan.

    Mazkur omillar esa o‘z navbatida sohadagi yashirin iqtisodiyotning ulushi yuqori (30-40 foiz) bo‘lishiga olib kelmoqda.

    Uchinchidan, tekshirish o‘tkazish holatlari juda ko‘p. Umumiy ovqatlanish korxonalarini 10 dan ortiq davlat idoralari (soliq, yong‘in nazorati, sanitariya nazorati, mehnat, ichki ishlar organlari, kommunal xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar va b.) doimiy bezovta qiladi.

    Ularni eng ko‘p tekshiruvchi 3 ta idora (soliq, yong‘in nazorati, sanitariya nazorati) tomonidan 2020—2021-yillarda 8 mingga yaqin tekshirish o‘tkazilgan. Ya’ni har yili o‘rtacha 14,5 foiz umumiy ovqatlanish korxonalari tekshirilgan.

    Biroq so‘rovda ishtirok etgan korxonalar vakillari boshqa fikrni bildirishdi, ya’ni 2,1 ming respondent har oyda deyarli 5,5 mingta tekshirish o‘tkazilganligini ta’kidlashdi. Demak, ularning faoliyatini noqonuniy tekshirish holatlari ko‘p.

    Sohadagi tadbirkorlar ularning faoliyatini eng ko‘p tekshirish soliq organlari tomonidan amalga oshirilganligini, keyingi o‘rinlarda sanitariya va yong‘in nazorati organlari, ichki ishlar organlari (asosan, tunda faoliyat yuritishni to‘xtatish yuzasidan) ekanligini bildirishdi.

    To‘rtinchidan, tekshirishlardagi korrupsiya holatlari. Faoliyatga oid qonun-qoidalar murakkab va tekshiruvchilar ko‘p bo‘lishi korrupsiyaga yo‘l ochib bermoqda.

    Masalan, respondentlarning 26,4 foizi (905 nafar) soliq, 20,3 foizi (697 nafar) sanitariya va 11,3 foizi (387 nafar) yong‘in nazorati organlarida korrupsiya holatlariga duch kelishganini, shuningdek, korrupsiyaning eng ko‘p tarqalgan turi davlat organlari xodimlariga bepul xizmat ko‘rsatish ekanligini ta’kidlashdi.

    Beshinchidan, infratuzilma obyektlariga ulanish va ularda bo‘ladigan uzilishlar. 63,4 foiz umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini boshlashda infratuzilma obyektlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgan.

    Ta’minotdagi uzilishlar ham ular uchun odatiy hol bo‘lib qolmoqda. Jumladan, respondentlarning 36,3 foizi (766 nafari) suv ta’minotida, 35,2 foizi (742 nafari) gaz ta’minotida, 28,5 foizi (602 nafari) elektr ta’minotida qiyinchiliklarga yo‘liqishmoqda.

    Oltinchidan, ishchilarni norasmiy yollash. Odatda restoran, kafe va oshxonalarda oshpaz, ofitsiant, farrosh kabi ishchilarni mehnat shartnomasi tuzmasdan og‘zaki kelishuv bilan ishga oladi.

    Umumiy ovqatlanish korxonalarida 300 mingdan ortiq odam ishlasa, ularning 200 mingdan ko‘pi norasmiy band bo‘lib, bu holat korxona uchun (jarimaga sabab bo‘ladi), ishchi uchun (mehnat huquqlari kafolatlanmaydi) va davlat uchun (ijtimoiy va daromad soliqlari tushmaydi) ham manfaat olib kelmaydi.

    Jumladan, so‘rovda ishtirok etgan korxonalar o‘z ishchilariga oyiga o‘rtacha 1,8 mln so‘m ish haqi to‘lab kelayotganligini inobatga olsak, ulardagi norasmiy bandlik tufayli davlat budjetiga 1,6 trln so‘mlik (ijtimoiy va daromad soliqlari) qo‘shimcha pul tushmasdan qolgan deyish mumkin.

    Bayon etilganlar asosiy muammolar hisoblanib, bundan tashqari, umumiy ovqatlanish korxonalar oldida yana boshqa to‘siqlar ham bor (oziq-ovqat mahsulotlari uchun naqd pulga ehtiyoji baland, ijara xarajatlari va h.k.).

    Mazkur muammolar sohaning to‘liq potensial bilan rivojlanishiga salbiy ta’sir etib kelmoqda.

    Umumiy ovqatlanish xizmatlarining sifati va rivojlanganligi xorijlik sayyohlarni albatta e’tiborini jalb etadi. Umumiy ovqatlanish sohasidagi mavjud muammolar esa “zanjir effekti” bilan turizmning rivojini ham sekinlashtiradi.

    Shu sababli Adliya vazirligi tomonidan ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli idoralarga taqdim etildi.

    14.04.2022, 13:32   Izoh (0)   1041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Birinchi rezinotexnika zavodi” eksklyuziv huquqlardan mahrum qilinadi

    13.04.2022, 20:34

    Xususiy klinikalarga haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat beriladi

    13.04.2022, 20:10

    Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston bir qator kompaniyalardan ayrildi

    13.04.2022, 16:58

    O‘zbekistonda ish boshlamoqchi bo‘lgan “Alfa Bank” rejalarini o‘zgartirdi

    13.04.2022, 16:11

    Urush boshlanganidan keyin O‘zbekistonda Rossiya ishtirokidagi yangi kompaniyalar soni keskin oshdi

    12.04.2022, 15:01

    Vengriyaning OTP Bank’i “Ipoteka bank”ni sotib olishni kechiktirishga qaror qildi

    11.04.2022, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21

    Andijonda 2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:20

    O‘zbekistonda ota-onasi xorijda bo‘lgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:05

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 21:53

    Isroil Eronga hujum qilib, G‘azo bo‘yicha muzokaralar jarayonini izdan chiqardi — Qatar TIV

    Dunyo | 17 iyun, 21:50

    O‘zbekistonda uch kishilik oilalar ulushi ortib bormoqda

    O‘zbekiston | 17 iyun, 21:40

    Yulduz Usmonova, Rayhon va Shahzoda. Birgina qo‘shiq sabab buzilgan munosabatlar

    Shou-biznes | 17 iyun, 21:30

    Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 21:20

    O‘zbekiston ukrainalik bolalarga 2 mingta o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi (foto)

    O‘zbekiston | 17 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.