• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qizil O‘zbekiston”ga chiqqan Al Kapone, birinchi Kosmonavtika kuni, 95 foizi mashinada teriladigan paxta. O‘zbek matbuoti 12-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilingan surat

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilingan surat

    90 yil avval. 12-aprel, seshanba

    Sovet davrida paxta yetishtiruvchi respublikaga aylantirilgan O‘zbekiston uchun bahor chigit ekish pallasi edi. Shu bois mustabid davr gazetalarining mart—apreldagi bosh mavzusi — chigitni o‘z vaqtida, rejadan kechikmay ekish. 1932-yilgi “Qizil O‘zbekiston”ning muqovasi bu boradagi namunalilar va qoloqlar haqidagi xabarlarga to‘la. “Paxta yerlarini birinchi va ikkinchi haydash tamomlandi. Rayon bu vazifani traktorsiz, faqat jonli tortuv kuchlari bilangina bajara bildi, — deyiladi ‘Koson rayoni oldinda’ sarlavhali xabarda. — Hozir yalpi ravishda paxta ekilmoqda. Havolar yaxshi bo‘lganda ekish 16-aprelda tugaydi. Koson Behbudiy rayonining qo‘shni jamoalariga sotsializm yordami taklif qilmoqda”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    O‘zbekiston yer ishlari xalq komissari (hozirgi zamon tili bilan aytganda — vazir) Boltayevning Toshkent tumanidagi paxta ekish jarayoni bilan tanishgani haqidagi xabarda, jumladan, shunday deyiladi: “Troyskiy uchastkasining boshqa kolxozlarida, ‘Pravda Vostoka’, ‘Qizil Obod’ va ‘Lepa’ kolxozlarida yer haydash sust. Qibray uchastkasidagi ‘Budyonniy’, ‘Qizil Sharq’, ‘Qizil Vatan’, ‘Qizil ketmon’, ‘Qizil ariq’, ‘Qizil qahramon’, ‘Temir qozg‘in’ birinchi haydashni tamomlab, ‘Budyonniy’ va ‘Temir qozg‘in’ kolxozlari ikkinchi haydashni 50 protsent bajardilar”. Buxorodan ko‘zbo‘yamachiliklar haqida xabar kelgan: “Rayon ekin ekish komissiyasi bir nechta ko‘z bo‘yash voqealarini ochdi. MTS ekonomisti Zabrodeski, siplan uchastka agronomi Dominov ko‘klam ishlarining ketishi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berib turganlar”.

    Gazetaning 3-sahifasi har gal ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi. Bu safar xalq xo‘jaligi va savdodagi muammolarga o‘rin berilgan. “Quramada chorvachilik zarbali vazifa qatoriga kirsin. Sut fermalariga rahbarlik yo‘q” sarlavhali xabarda ta’kidlanishicha, Qurama tumanidagi sut tayyorlashga ixtisoslashgan kolxozlar “mahsulotni qaysi idora olishini bilmaydilar. Chorvasoyuz va Potrebsoyuz — ikkala idora ikki oydan beri bir-birlariga havola qilish bilan vaqtni o‘tkazmoqdalar. Kolxozsoyuz faqat qog‘ozda tuzilgan sut fermalarini ko‘tarib, maqtanib yurishdan nariga o‘tgani yo‘q”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    Xuddi shu sahifada gazetaning avvalgi sonlaridan birida e’lon qilingan tanqidga Toshkent oliy sanoat ta’lim-tarbiya institutining javobi berilgan: “Aprel oyini institutdagi o‘pirilishlarga qarshi hujum oyi deb e’lon qilinishi munosabati bilan tez kun ichida studentlar ta’minoti qisman yaxshilanib, oshxonalar tartibga solindi, studentlar oyoq kiyimlar bilan ta’min qilinayotir. Oilali studentlarga 100 so‘mgacha nafaqa berila boshladi. Bajarilmay qolgan 35 protsent o‘quv planining bir oylik shturm ichida to‘lg‘azish uchun 6 soatlik dars 10 soatga yetkazilib dars berilayotir. Shuningdek, butun fakultetlar bo‘yicha kechki mashg‘ulot yo‘lga solindi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    Keyingi sahifalarda ham belgilangan rejalarning sust borayotganiga doir xabar va materiallar bisyor: bir joyda hukumat “necha marotaba qarorlar chiqarilgan va yo‘l-yo‘riqlar berilgan bo‘lishiga qaramay” traktor aksiyalari lozim darajada tarqatilmayotganidan noligan, boshqa joyda esa O‘zbekiston tumanidagi omonat kassalariga, jumladan, respublika rahbarlaridan biri Oxunboboyev nomidan telegramma yuborilgani, unda tuman omonat kassalari namunali kassa konkursida sust qatnashayotgani tanqid qilingan.

    Xalqaro maydondagi asosiy mavzu — Uzoq Sharqdagi urushlar, aniqrog‘i, Yaponiyaning Xitoyga bostirib kirishi. AQSh davlat kotibi Genri Stimson ayni shu muammoni muhokama qilish maqsadida Yevropaga yo‘l olgan: “Rasmiy doiralarning ko‘rsatishicha, Vakillar palatasida Filippinda siyosiy ahvolni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi orqasida Xitoydagi Yapon hujumi Uzoq Sharqda ‘oq irqning e’tibori’ni buzdi. Hisoblovlaricha, Stimson Uzoq Sharq masalasida Yevropa—Amerika hamkorligiga erishish uchun urunajak”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    Ayni damda, N.B. imzosi bilan e’lon qilingan “Sotqin mamlakat matbuotida” maqolasida yozilishicha, AQShning o‘zida nafaqat “Uzoq Sharqdagi urushlar”ni, balki “ishsizlarning yurishlari va o‘qqa tutilishlari, iqtisodiy bo‘hronni” ham esdan chiqartirib yuboradigan hodisa yuz bergan: “1-martda kechqurun Amerika gangsterlari (o‘g‘rilari) Charlz Lindberg (Muhit dengizi (Atlantika okeani) ustidan birinchi bo‘lib uchib o‘tgan mashhur uchuvchi)ning Nevjersi (Nyu-Jersi) shtatidag‘i ‘Xapuel’ nomli saroydan 19 oylik o‘g‘lini o‘g‘irladilar. O‘g‘rilar bolaning karavotiga xat qoldirib, 50 ming dollar berilsa, uni qaytarib berajaklarini bildirdilar”.

    “Lindberning o‘zi bola berkitilgan joyni topish uchun aeroplanda uchib, mamlakatni aylanib chiqishga qaror qildi. Lindbergning havoga uchar kuni gazetalar Lindberg aeroplanining mashinasi qanday sistema ekanini, uning mashinasida qanday moy va benzin ishlatiluvini gaz bo‘yi harflar bilan bosib chiqardilar va uning orqasida bu firmalar o‘z mollarini ko‘p miqdorda pullab oldilarkim, iqtisodiy bo‘hrondan ilgari ham ular bunday savdo qilmagan edilar”, — deyiladi maqolada. “O‘g‘riligi uchun emas, soliq to‘lamagani uchun avaqtaga qamalgan” Al Kapone ham “o‘g‘rilar bolani tirik va zarar keltirmay qaytarsalar, o‘z yonidan 50 ming dollar berajagini matbuotda bayon qiladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 12-aprel sonidan lavha

    Maqolada ta’kidlanishicha, “bir oydirki, Amerikaning burjuaziya va ‘sotsialist’ gazetalarining birinchidan to 5-sahifasigacha shu hodisaga bag‘ishlanib, katta-katta harflar bilan yozilgan, mayda-chuyda tafsilotlar va odam bo‘yi suratlar bilan banddir... Holbuki, Amerikadagi ishsizlarning 12 million bolasi har yili ochlikdan o‘ladi, butun jahonda 10 millionlarcha proletar onalar o‘lgan va o‘layotgan bolalari uchun qon-qon yig‘laydilar, Xitoyning ocharchilik balosiga giriftor bo‘lgan viloyatlaridagi ko‘chalar, shaharlar, qishloqlar bolalarning o‘liklari bilan liq to‘la”. Qayd etish joiz — sovet gazetalari, xususan, “Qizil O‘zbekiston” AQShdagi bu “tomosha”ni tanqid qilib, ochlar haqida qayg‘urayotgan bir vaqtda Sovet Ukrainasi va Qozog‘istonida minglab, millionlab odamlar ochlikdan qirilayotgan edi.

    60 yil avval. 12-aprel, payshanba

    Bir yil avval Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qilgan ilk insonga aylangan edi. Shu bois gazetalarning 1962-yil 12-aprel sonidagi bosh mavzu — kosmonavtika. Kamiga, bir kun avval SSSRning rahbariyatining 12-aprelni Kosmonavtika kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    M.Xudoyqulov imzosi bilan e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, “O‘zbekiston SSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti birinchi sovet kosmonavti Yuriy Gagarinning kosmos safariga bag‘ishlab ‘Kelajakka parvoz’ she’riy to‘plamini nashr etgan”. Bu kitobdan o‘zbek shoirlarining she’rlari o‘rin olgan. Shoir Sulton Qolbekning “Xalqim qudrati” nomli she’ri, aftidan, o‘sha to‘plamga kiritilgan she’rlardan biri; unda, jumladan, shunday satrlar bor: “Lol qoldirib bizlar olamni butun, Hatto Oyga bosdik bir qadam bugun”. She’rdagi bu so‘zlar izohini gazeta muqovasidagi “Kosmonavtika kuni” sarlavhali maqoladan topish mumkin:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Xalqimiz va partiyamizning asl farzandlari Yuriy Gagarin va German Titovning afsonaviy kosmos safari… sovet hukumatining fan, texnika, madaniyatni uzluksiz rivojlantirish to‘g‘risida tinmay qilayotgan g‘amxo‘rliklari samarasi bo‘ldi. Natijada Sovet Ittifoqi birinchi bo‘lib planetalararo ballistik raketa uchirdi, birinchi bo‘lib Yerning sun’iy yo‘ldoshini parvoz qildirdi, birinchi bo‘lib Oyga kosmik kema yubordi, Quyoshning birinchi sun’iy yo‘ldoshini vujudga keltirdi, Venera sari kosmik kema uchirdi. Birinchi sovet Yer sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan to‘rt yil ham o‘tmayoq, sovet kishilari kosmosga zafarli parvoz qildilar”.

    “Navbat — sayyoralarga!” sarlavhasi ostida berilgan Toshkent astronomiya observatoriyasi xodimi Abdusalom Latipov bilan bo‘lgan qisqa suhbat ham e’tiborga molik. “Imperialistlar Amerika texnikasini ko‘klarga ko‘tarib maqtashardi. Ammo ular bizdan qariyb bir yildan keyingina insonni kosmik fazoga uchirishdi… Kosmik fazoni o‘zlashtirish sohasidagi endigi butun kuch va insoniyat faqat Yer atrofidagina emas, balki Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarga — Oyga, Veneraga, Marsga uchishga qaratilgan. Bu musobaqada ham sovet fani va texnikasining oldingi marrani egallashiga shubha yo‘q”, — deydi olim.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    Oradan 60 yil o‘tib, qaysi mamlakat fani qayerda-yu, insoniyat kosmosda qayergacha yetib bora oldi — bunga bugungi zamondoshlar yaxshi guvoh. Shuni ham unutmaslik kerakki, bu suhbat sovet propaganda nashrida e’lon qilingan.

    Gazetaning bu sonida an’anaviy mavzular — chigit ekish kampaniyasining borishi va chet el xabarlariga ham har doimgidek keng o‘rin ajratilgan. Chigit ekish qaysi hududda qanday borayotganiga doir jadval e’tiborga molik — unda faqat 8 ta hududiy birlik ko‘rsatilgan: jadvalda Namangan (1960-yili Andijon va Farg‘ona viloyatlariga qo‘shib yuborilgan va 1967-yili qayta tiklangan), Qashqadaryo (1960-yili Surxondaryo viloyatiga qo‘shib yuborilgan va 1964-yilda qayta tiklangan), Navoiy (bu viloyat ilk bor 1982-yilda tashkil etilgan), Sirdaryo (bu viloyat 1963-yilda tashkil etilgan) va Jizzax (bu viloyat 1973-yilda tashkil etilgan) kabi hududlar yo‘q.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavhaм

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavhaм

    “Tursunoy Oxunova brigadasi chigit ekishni tugalladi” sarlavhali xabarga ko‘ra, Chinozdagi bu qahramon mexanizator ayol ishlaydigan kolxozda “95 protsent yerdagi hosil mashinada teriladi. Tursunoy Oxunova bu yil kamida 300 tonna paxtani mashinada terib bermoqchi. Shu yo‘l bilan bir sentner paxta yetishtirishga 8 so‘m 50 tiyin sarflanadi”. Chinozdan ming kilometr uzoqdagi Urganch tumanida ham taxminan shunday manzara: “(Qo‘shko‘pir rayonidagi Oxunboboyev nomli) ilg‘or kolxozda o‘tgan yili 360 gektar yerdagi hosil mashinada terib olingan edi. Bu yil 500 gektar maydon mashina terimiga ajratildi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 12-aprel sonidan lavha

    Gazetada e’lon qilingan xorij xabarlari orasida e’tiborga moligi — Frayburg ma’muriy sudi Germaniya sobiq reyxskansleri Frans fon Papenga Germaniya imperator armiyasining mayori pensiyasini to‘lash haqida qaror chiqargani haqidagi “TASS” axborotidir. Unda fon Papen “Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishi uchun yo‘l ochib bergan” “harbiy jinoyatchi” deya ta’riflanadi.

    30 yil avval. 12-aprel, yakshanba

    Gazetalarning yakshanba va dushanba sonlari ham bo‘lishi bundan 90 yo 60 yil ilgari O‘zbekiston uchun ham odatiy, tabiiy bir hol edi. Ammo 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshiga kelib, mamlakatda gazetalarning dastlab yakshanba, keyinchalik dushanba sonlarini chop etish an’anasi yo‘qoldi. Yakshanbaga to‘g‘ri kelgan 1992-yilning 12-apreli ham istisno emas.
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    12.04.2022, 07:30   Izoh (0)   29319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.