• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Bryus Uillis, Ketrin Zeta-Jons: kasallik tufayli karyerasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    Agar bu yulduzlarning sog‘lig‘ida muammo bo‘lmaganida, ularning kinodagi karyerasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Buguni va kelajagini o‘z xohishiga qarshi o‘zgartirishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

    Bryus Uillis

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Foto: “Kino.mail.ru”

    1990-yildan beri kino sanoatida faoliyat olib borgan Bryus Uillis so‘nggi yillarda faqat unchalik mahoratli bo‘lmagan jangovar filmlarda rol o‘ynadi va hatto “Oltin malina” antimukofotiga loyiq ko‘rildi. Aktyorning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlar to‘lqini va ularni tasdiqlovchi rasmiy bayonotdan so‘ng, bu kasallik uning ishiga qanchalik ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi.

    67 yoshli Bryus Uillis faoliyatini yakunlayotgani haqida butun oila nomidan uning sobiq rafiqasi Demi Mur 2022-yil 30-mart kuni e’lon qilgan edi. Sababi — afaziya, jiddiy nutq buzilishi. Aktyorning karyerasi qayg‘uli yakunlangan bo‘lsa-da, Bryus Uillis ijro etgan “Armageddon”, “Oltinchi his”, “Kichkintoy”, “Beshinchi element”, “Chaqilmas yong‘oq”, “Shisha” kabi ajoyib filmlar qoldi.

    Maykl J. Foks

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Foto: “Kino.mail.ru”

    1991-yilda mashhurlikka erishgan “Kelajakka qaytib” trilogiyasida vaqt sayohatchisi Marti Makflay rolini ijro etgan aktyor Parkinson kasalligiga chalingan. U paytda Maykl atigi 30 yoshda edi. Uning karyerasi bir zumda tugamadi. Shundan keyin ham muvaffaqiyatli serial va filmlarda suratga tushib, uchta “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ammo borgan sari simptomlar kuchaya boshladi. Shunda ham Maykl har safar kasallikka qarshi kurashishga o‘zida kuch topa oldi — bir necha o‘n yillar davomida u Parkinson kasalligini o‘rganish uchun hech nima ayamadi: xayriya jamg‘armasini tashkil qildi, nutq so‘zladi, hayotiy tajribalarini o‘zi yozgan kitoblarida o‘rtoqlashdi.

    Brendan Freyzer

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Foto: “Kino.mail.ru”

    To‘xtovsiz suratga tushib, salomatligi haqida o‘ylamagan aktyor axiyri holdan toydi. Avvaliga uning shaxsiy hayotida muammolar boshlandi: 2007-yilda Brendan Freyzer tinka madorni quritadigan sud jarayonidan so‘ng ajrashdi. Keyin ketma-ket bir nechta jarohatlar oldi. Bularning barchasi uzoq davom etgan, deyarli o‘n yillik depressiyaga olib keldi.

    2016-yilda 48 yoshli Brendan intervyularining birida ahvoli haqida ma’lum qildi va “Brendan Freyzerni qutqaring” kampaniyasini tashkil qilgan tomoshabinlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

    Amanda Bayns

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Foto: “Kino.mail.ru”

    2000-yillardagi yoshlarbop komediyalar yulduzi “Katta semiz yolg‘onchi“, “U erkak”, “Qizlar nima xohlaydi?” kabi filmlardagi sodda, ammo maftunkor qizlar rollari bilan mashhur bo‘ldi. To‘satdan aktrisa tomoshabinlar ko‘z o‘ngida tom ma’noda o‘zgara boshladi: xatti-harakatlarida nomutanosiblik paydo bo‘ldi, spirtli ichimliklar va taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi.

    Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi marta 2010-yilda suratga tushgan aktrisa faqatgina giyohvandlik bilan kurashmagan. 2014-yilda 28 yoshli Amanda unga bipolyar buzilish va depressiv psixoz tashxisi qo‘yilganligini ma’lum qildi.

    Ketrin Zeta-Jons

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Foto: “Kino.mail.ru”

    Mashhur britaniyalik aktrisa hayoti davomida bipolyar buzilishdan aziyat chekayotganini kim o‘ylabdi deysiz. “Chikago” musiqiy filmidagi roli uchun “Oskar” sovrindori 2011-yilda salomatligi haqida ma’lum qildi.

    Keyin bir necha yil davomida davolandi, shu bilan birga, Maykl Duglas bilan deyarli ajrashdi — ikkalasi ham qiyin kunlarni boshdan kechirishayotgandi. Bugungi kunda 52 yoshli aktrisaning karyerasi iziga tushib ketdi deb bo‘lmaydi, kasallik tufayli u mashhur loyihalardan voz kechishga majbur bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Kinodagi karyerasini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan rollardan voz kechgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • Haligacha “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan taniqli va iste’dodli aktrisalar (foto)
    • Priyanka Chopra tekinga, Bred Pitt bir chashka qahva uchun — mashhur filmlardagi rollari uchun gonorar olmagan aktyor va aktrisalar
    • Jurnalist, advokat va psixolog: haqiqiy kasbi ular haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradigan jahon yulduzlari (foto)

    12.04.2022, 11:30   Izoh (0)   23547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Psixologik treninglardan ham ko‘proq foyda beruvchi 8 ajoyib film

    09.04.2022, 12:55

    Kinolokatsiya: mashhur film va seriallar suratga olingan joylarni topgan kino ishqibozlari

    07.04.2022, 12:41

    “Daydi to‘tining qaytishi”dan “Vinni Pux”gacha: Sovet multfilmlarining siz e’tibor bermagan yashirin ma’nolari

    06.04.2022, 14:15

    Turli vaziyatlar sabab aka-uka yoki opa-singillar bitta rolni o‘ynagan filmlar (foto)

    06.04.2022, 11:33

    Serqirra Jim Kerri: Aktyorning 8 ta eng yaxshi fantastik obrazi foto)

    05.04.2022, 14:42

    Turk aktrisasi Neslihan Atagul 9 yildan keyin turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu bilan bitta serialda suratga tushmoqda

    04.04.2022, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.