Avvalroq Turkiyaning mashhur aktrisasi Neslihan Atagulning yangi loyihalar bilan ekranga qaytayotgani haqida xabar berilgandi. Endilikda aktrisaning serialdagi partnyori ma’lum bo‘ldi.
Peride Jelal qalamiga mansub “Tunning oxiri” romani asosida ekranlashtirilgan serialda bosh rolni ijro etayotgan Neslihanning partnyori uning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu. Juftlik 9 yillik tanaffusdan so‘ng yana bitta loyihada suratga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Neslihan va Kadir Dog‘uli 2013-yil “Ishq sohillari” serialida birgalikda suratga tushgan.