• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘qituvchimiz o‘z vaqtida darsga kelmagach, biz ketdik” — Andijonda kaltaklangan o‘quvchi qizlar voqea sababi haqida gapirdi

    Andijondagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltaklagani, o‘quvchi qiz esa o‘zini himoyalash uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqaldi. Videodagi holat Asaka tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-A sinf o‘quvchilari bilan yuz bergani ma’lum bo‘lgach, “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida mazkur maktabda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    10-sinf o‘quvchisi Samandar Burxonovning aytishicha, o‘tgan juma, 1-aprel kuni oxirgi darsni sinf rahbari o‘tishi kerak bo‘lgan. Biroq o‘qituvchi maktab filialidan dars o‘tib qaytguncha o‘quvchilarning aksariyati uyiga ketib qolgan. Uning ertasiga esa o‘qituvchi hech kim uning gapiga kirmayotganidan xafa bo‘lib, ketib yuborgan o‘quvchilar bilan suhbatlashgan.

    Samandar Burxonov.

    Samandar Burxonov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Juma kuni oltinchi soatdagi darsimizda xonada besh nafar o‘quvchi qolgan edi. Ustozimiz hech kimni to‘play olmadi va rahbariyatdan o‘quvchilar ketib qolgani uchun gap eshitdi. Shundan keyin o‘qituvchimiz ancha asabiylashdi, ketib qolganlarni ro‘yxatga olib, ular bilan ertaga gaplashishini aytdi. ‘Hech kim mening gapimga kirmaydi’, deya xafa bo‘lib, yig‘ladi ham. Ertasiga darsdan ketib yuborganlar bilan gaplashibdi. Ularning nega ketib qolganini so‘rab, uch kishini qattiq uribdi ham. Men kech qolganim uchun buni sinfdoshlarimdan eshitdim.

    Foto: “Daryo“ / Fazliddin Muqaddasov

    Kaltak yeganlar ichida amakimning qizi ham bor ekan. Ustozimiz qizni urganda uning boshi devorga qattiq teggan ekan. Uyiga borganda dori ichgan, ammo og‘riq qolmagach tez yordam chaqirgan. Shunda onasiga voqeani aytib bergan. Qizning onasi — kelinoyim Dilbar opa bilan gaplashish uchun maktabga keldi. Kelinoyim ustozimiz bilan tortishayotgan paytda ajratib, olib chiqib ketdim. Dilbar opa dushanba kuni ham qochib ketib, shanba kuni kelmaganlarning bir nechtasini urgan. Bir sinfdoshimiz esa bu holatni videoga olgan. Qanday qilib tarqalganini esa bilmaymiz”, — deydi Samandar Burxonov.

    O‘quvchilardan biri O‘rinboy Bahodirjonov videoni telefoni orqali profilaktika inspektoriga berish uchun yozib olganini, ammo tarqatmaganini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “O‘sha kuni o‘qituvchimiz meni ham urishi mumkin edi. Lekin men ustozga bo‘ysunmadim, chaqirganida chiqmadim. Chiqqanimda urgan bo‘lardi. Shundan keyin beshta qizni urdi. Xonada shovqin ko‘tarilib ketdi. Kimdir telefoni borlar videoga olinglar, ‘uchastkavoy’ga beramiz, dedi. To‘g‘risi, menda telefon bor edi, 10 sekund videoga oldim. U telefonimda turgan edi. Videoni ertalab o‘qituvchilarda ko‘rdim. Lekin qayerdan chiqib ketganini bilmayman. Faqat bir kishiga tashlagandim. Tarqatmadim, tarqatganlarni topsak, yaxshi bo‘lardi”, — deydi O‘rinboy Bahodirjonov.

    O‘quvchi qizlardan biri Diyora Nuriddinovaning aytishicha, u o‘quvchilar orasida eng ko‘p kaltak yeganlardan.

    Diyora Nuriddinova.

    Diyora Nuriddinova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Bu voqea juma kuni bo‘lgan. Dilbar opa darsga kech qoldi. Men esa kursga kech qolayotgan edim. Ruxsat so‘rash uchun ustozni qidirib topolmadim. Qarasam, hamma ketayotgan ekan. Men ham ketdim. Shanba kuni kelsak, Dilbar opa sizlarning ustingizdan direktorga yozib yuboribdi, kirib hammangizni urar ekan deyishdi. Keyin esa ustozimiz kirib, darsdan ketib qolganlarni bir qator qilib qo‘ydi. Avvaliga men faqat so‘ksa kerak deb o‘yladim. Birinchida turganim uchun oldimga kelib menga qo‘l ko‘tardi. Sochlarim ham to‘zg‘ib ketdi. ‘Nega uryapsiz?’, deb so‘rasam, ‘gap qaytarma’, deb yomon so‘zlar bilan haqoratladi. ‘Nega haqoratlaysiz?’, deb so‘rasam ham, urishda davom etdi.

    O‘sha kuni eng ko‘p meni urdi va ota-onamni chaqirib kelishimni aytdi. Mayli, qoching, dadamni chaqiraman desam orqaga itarib yubordi, boshim devorga tegdi. Shu payt ‘zamdirektor’imiz kirib, ‘Hech kiming ota-onangni aralashtirma, shu yerdagi gap shu yerda qolsin’, dedi. Shundan keyin hech kimga indamadim. Lekin ota-onam bundan o‘rtoqlarim orqali xabar topib maktabga keldi. Ustoz bilan gaplashdi. Endi bu holat boshqa qaytarilmasa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo dushanba kuni o‘qituvchimiz yana boshqa o‘quvchilarni uribdi”, — deydi Diyoraxon Nuriddinova.

    Madina Muhammadjonovaning ta’kidlashicha, u sinf rahbari urganidan jahli chiqib, o‘zini himoya qilish maqsadida uning qo‘lini qaytargan, ammo urmagan.

    “Oxirgi soatdagi darsga o‘qituvchi kech qolayotgani uchun ketib qoldik. Ertasi kuni ma’lum sabablarga ko‘ra, darsga kelolmadim. Dushanba kuni kelganimda juma kuni darsdan ketib qolgan va shanba kuni kelmagan qizlarni doska oldida saflashdi. Boshimga qattiq urib yuborgani uchun jahlim chiqib, o‘zimni himoya qilish uchun qo‘lini qaytardim. Gap qaytardim. Lekin ustozni urmadim ham, itarmadim ham”, — deydi Madina Muhammadjonova.

    Dilbar Rahimova.

    Dilbar Rahimova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    O‘qituvchi Dilbar Rahimova 30 yildan buyon ushbu maktabda bolalarga ta’lim-tarbiya berib keladi, ushbu sinfga to‘rt yildan buyon rahbarlik qilmoqda. Uning aytishicha, so‘nggi paytlarda o‘quvchilarning xulqida o‘zgarishlar paydo bo‘lib, hech qanday ruxsatsiz darslardan ketib qoladigan, hattoki kelmaydigan odat chiqargan. Natijada davomat pasayib ketgan. Oqibatda maktab ma’muriyati o‘tkazgan yig‘ilishlarda doimiy gap eshitib kelgan.

    “Oxirgi paytlarda o‘quvchilar mendan beruxsat darsdan ketib qoladigan, hatto umuman kelmay qo‘yadigan bo‘lib qoldi. Davomat pasayib ketdi. Har qanday o‘qituvchining bu holatni ko‘rgach, vijdoni qiynaladi-ku. Men bularga yaxshi gapirib ham, yomon gapirib ham ko‘rdim. Hamma usuldan foydalandim, ammo ta’sir qilmadi. Oxiri shu darajagacha kelishga majbur bo‘ldim. O‘sha kuni ma’naviyat soatida darsni juda chiroyli boshladim. O‘quvchilarni beparvo bo‘lmaslikka chaqirdim. Do‘stona gaplashdik. Hammasi xursand bo‘lib meni to‘g‘ri tushundi. Lekin beshinchi soatdagi darsimga kirsam, o‘quvchilar yo‘q. Qanchalik asabiylashganimni aytib berolmayman ham. Keyin o‘tirib, direktor nomiga bildirgi yozdim. Unda darslarga kelmaydigan va o‘sha kuni darsdan qochib ketgan o‘quvchilar ism-familiyalari yozilgan edi. O‘sha kuni men shunday qilmasam ham bo‘lardi. Lekin ular keyin ham darsdan qochaverardi. Bilaman, bunday jazolashim to‘g‘ri emasdi.

    Avval bir necha marta tushuntirish xati olganman, ota-onalariga aytganman, hatto bu bo‘yicha profilaktika inspektori ham shug‘ullangan. Hech birining foydasi bo‘lmadi. Fan o‘qituvchilari ham bu sinfdan norozi. Kimningdir kitobi yo‘q, kimdir o‘qimaydi, boshqasi umuman kelmaydi. Men ham birdaniga urib-so‘kib ketmadim. Bolalarning o‘qishga loqaydligi sabab quyushqondan chiqishga majbur bo‘ldim. To‘g‘risi, o‘quv yili boshida bu sinfni topshirib yubormoqchi bo‘lgandim. Hech bir o‘qituvchi bu sinfga rahbarlik qilishni xohlamadi. Mendan oldin to‘rt marta sinf rahbar almashgan ekan. Shunday bo‘lsa ham, kimdir jarga o‘zini tashlash kerak edi. O‘sha jarga bugun men yiqildim”, — deydi Dilbar Rahimova.

    Farohiddin Mirzayev.

    Farohiddin Mirzayev.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Maktab direktori Farohiddin Mirzayevning aytishicha, ushbu holatning ro‘y berishida ikki tomonning ham aybi bor. Holat maktab pedagogik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rilishi mumkin.

    “Bu salbiy holat ro‘y berishida ikki tomonning ham aybi bor. Dilbarxon ancha tajribali, malaka toifasiga ega ustozlardan bo‘lib, 30 yildan buyon biologiya fanidan dars berib keladi. Ushbu sinfga keladigan bo‘lsak, bolalar o‘tish yoshida. Tarbiyasida ham biroz kamchilik bor. Bu bo‘yicha bir necha marta ota-onalari bilan gaplashganmiz, hamkorlikda ishlashni taklif qilganmiz. Xullas, o‘sha kuni o‘quvchilar darsdan qochib ketishgan. Men doim o‘qituvchilardan davomatni talab qilganim uchun bu holatdan ustozning jahli chiqqan. Lekin o‘quvchilarga qo‘l ko‘targani ham to‘g‘ri ish emas. Biz bunga alohida intizomiy chora ko‘ramiz. Zudlik bilan navbatdan tashqari pedagogik kengash chaqiramiz va bu holatni muhokamaga qo‘yib o‘rganamiz. Yakuniy xulosa bo‘yicha ma’lumotlar beriladi”, — deydi Farohiddin Mirzayev.

    O‘rganish davomida “Daryo” muxbiri maktabga yig‘ilgan ota-onalar bilan ham suhbatlashdi. Ota-onalar o‘qituvchidan norozi emasligini, farzandlari uchun o‘qituvchisi qayg‘urishini aytib, bu masalalar maktabning o‘zida hal bo‘lishi kerakligini bildirgan.

    06.04.2022, 18:18   Izoh (0)   35566
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Farmatsevtika instituti talabasi psixotrop moddalarni sotish bilan shug‘ullangani uchun 4 yilga qamaldi

    06.04.2022, 18:05

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    06.04.2022, 17:23

    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi va Andijon shahar hokimi OAV bilan tizimli ishlamagani uchun ogohlantirildi

    06.04.2022, 17:08

    “O‘zgidromet” kuchli shamollar bo‘lishidan ogohlantirdi

    06.04.2022, 16:24

    O‘zbekistonda dorilar va tibbiyot buyumlarini majburiy markirovkalash 1-sentabrdan boshlanadi

    06.04.2022, 15:48

    Samarqandda xalq ta’limi tizimidagi mansabdorlar ishdan olinib, yangi rahbarlar tayinlandi

    06.04.2022, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.