• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi va Andijon shahar hokimi OAV bilan tizimli ishlamagani uchun ogohlantirildi

    Vazirlar Mahkamasining navbatdagi Rayosat majlisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, OAV va jamoatchilik bilan ishlash masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi hukumat matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun hamda prezidentning 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosi o‘rganilgan. Natijada ayrim vazirliklar va idoralar tomonidan ushbu hujjatlar talablarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan.

    Jumladan, qonunning 5-moddasiga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar ijrosi, budjet mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari, ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarda e’lon qilib borilishi kerak. Biroq deyarli barcha viloyatlar hokimliklari (Jizzax viloyatidan tashqari) veb-saytida dolzarb bo‘lgan ochiq ma’lumotlar va jamoatchilikni alohida qiziqtiradigan mavzular 1 oydan 3 oygacha yangilanmagan.

    Qonunning 13-moddasiga ko‘ra veb-saytlarda axborotni yangilab borish davriyligi haftasiga bir martadan kam bo‘lmasligi kerak. Biroq o‘ndan ortiq davlat organi va tashkilotlari, jumladan, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Andijon, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ochiq ma’lumotlar 10 kundan 1 oygacha kechiktirib e’lon qilinmoqda.

    Shuningdek, o‘rganilgan 204 ta tuman va shahar hokimliklarining 35 tasida rasmiy veb-sayti ishlamayapti. Jumladan, Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Buxoro, Toshkent viloyatlarining ayrim shahar va tuman hokimligi saytlari ana shunday ahvolda.

    Prezident qaroriga muvofiq, 280 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida birinchi marta axborot xizmati tashkil etilgan. 90 dan ortiq tashkilotda axborot xizmatlari tegishli maqom va shart-sharoitlari bilan qayta tashkil qilingan. Biroq haligacha ayrim vazirliklar va idoralar davlat rahbarining qarori talablarini bajarmay kelmoqda.

    Misol uchun, 3 ta respublika tashkilotida axborot xizmati rahbari axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi maqomiga ega emas. 10 ta vazirlik va idorada matbuot kotibi mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra tashkilot rahbari o‘rinbosariga tenglashtirilmagan.

    Qayd etilishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarida matbuot kotibi lavozimi vakant. Hududlarda axborot xizmatlariga qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani sababli o‘tkazilayotgan tadbirlar, yangiliklar tezkorlik bilan sifatli yoritilmayapti.

    Majlisda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga tizimda ochiqlik siyosati qoniqarsizligi, Sirdaryo viloyati hokimligiga Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Sayxunobod, Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlari hokimliklarida axborot xizmati faoliyati yaxshi tashkil etilmagani ko‘rsatib o‘tilgan.

    “Mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati yuzasidan ishlarni yetarli tashkil etmagani, OAV va jamoatchilik bilan aloqalarni tizimli yo‘lga qo‘ymagani uchun Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev va Andijon shahri hokimi Bahromjon Haydarov ogohlantirildi”, — deyiladi xabarda.

    Yakunda barcha vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklariga qonun va qaror ijrosiga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlab, amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev selektor majlisida hokimlarni keskin tanqid ostiga olib, ulardan xalq oldida kechirim so‘rashni talab qilgandi. Internetda tarqalgan audioyozuv oxirida Prezident hokimlarga ular blogerlarga hisobot berishi lozimligini aytgani aks etgan edi. 2020-yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shavkat Mirziyoyev OAV va ochiqlik siyosati haqida so‘z yuritib, “jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz”, deya ta’kidlagandi.

    Mavzuga doir: Qashqadaryo hokimi mahalliy budjet mablag‘lariga shaxsiy piarini yo‘lga qo‘ygan hokimlar faoliyatini tanqid qildi

    06.04.2022, 17:08   Izoh (0)   22768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” kuchli shamollar bo‘lishidan ogohlantirdi

    06.04.2022, 16:24

    O‘zbekistonda dorilar va tibbiyot buyumlarini majburiy markirovkalash 1-sentabrdan boshlanadi

    06.04.2022, 15:48

    Samarqandda xalq ta’limi tizimidagi mansabdorlar ishdan olinib, yangi rahbarlar tayinlandi

    06.04.2022, 14:53

    Qozog‘iston don va un eksportini cheklamoqchi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

    06.04.2022, 14:40

    Moskvadagi migrantlar mushtlashuvi bo‘yicha 85 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

    06.04.2022, 14:02

    Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

    06.04.2022, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.