Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi “Do‘stlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha, oromgoh 1 qavatli binolar va 20 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 4,28 gektar. Binoning umumiy maydoni — 4447 kvadrat metr. Oromgohda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan oromgohning boshlang‘ich bahosi — 9,53 mlrd so‘m. Arizalar 14-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkent shahridagi hovli MIB tomonidan 1,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)